Asalarilar uchun Shimoliy Amerika nektar manbalari roʻyxati
From Wikipedia, the free encyclopedia
Muayyan hududdagi nektar resursi mavjud gullaydigan oʻsimliklarning turlariga va ularning gullash davri bilan uzviy aloqador hisoblanadi. Hududda qaysi turlarning oʻsishi tuproq holatiga, tuproqning pH darajasiga, tuproq drenajiga, kunlik maksimal va minimal haroratlarga, yogʻingarchilik, qishning ekstremal minimal harorati va oʻsish darajasi kunlariga bogʻliq. Quyida sanab oʻtilgan oʻsimliklar USDA 5-sonli yetishtirish maydonida oʻsadi. Oʻsimlikning qachon gullashi va nektar ishlab chiqarishini hisoblash uchun yaxshi prognoz usuli — bu gulning oʻsayotgan kunlarni hisoblashdir. Hopkinsning bioiqlim qonunida aytilishicha, Shimoliy Amerikadagi qirlar sharqiy qismida balandlikning 130 m (400 fut) ga ortishi, shimoliy kenglikning 4 ° ga oʻzgarishi (444,48 km) yoki Sharqiy uzunlikning 10° ga oʻzgarishi (vaqt mintaqasining uchdan ikki qismi) biologik hodisaning bahorda toʻrt kundan keyin yoki kuzda toʻrt kun oldin sodir boʻlishiga sabab boʻldi[1]. Botanikada fenologiya atamasi gulning paydo boʻlish vaqtini, gullash ketma-ketligini, meva berishi va kuzda barglarning tushishivaqtini hisoblovchi fannomini ifodalaydi.
Katta yoki kichik nektar manbalariga koʻra tasniflash yerning qishloq xoʻjaligida qoʻllanilishiga juda bogʻliq. Kanola yoki beda kabi qishloq xoʻjaligi ekinlari mahalliy ekish holatiga qarab nektarning asosiy yoki kichik manbasi boʻlishi mumkin. Umuman olganda, yem-xashak maydoni qanchalik xilma-xil boʻlsa, statsionar asalarichilik shunchalik yaxshi hosil beradi. Olma, gilos, qovun, kungaboqar va boshqa oʻsimliklarning yirik ekin maydonlaridan olinadigan nektar manbalari butun mavsum davomida ari uyalari bilan sayohat qilishga tayyor boʻlgan asalarichi uchun yaxshi tanlovdir.
Asal manbalari ushbu roʻyxatga kiritilmagan.