Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Boku bulvari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Dengiz boʻyi bulvari (ozarb.Boku bulvari) — Kaspiy dengizi qirgʻoqlarida joylashgan Bokuning tashrif belgisi va ramzidir. Boku bulvari Bokuning diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlib, bokuliklar va shahar mehmonlarining eng sevimli dam olish joyidir. 2009 yilda oʻzining 100 yilligini nishonladi. Rekonstruksiyagacha bulvarning uzunligi 16 kilometrni tashkil qilgan, toʻliq rekonstruksiyadan soʻng esa 25 kilometrga yetdi. Funikulyor stansiyasi joylashgan Togʻli bogʻ etagidan boshlanadi. Soʻng Eski shahar Icheri Sheher boʻylab Dengiz portigacha choʻziladi. Uning uzunligi 5 kilometr atrofida, lekin uni yanada uzaytirish rejalari ham mavjud.
Park | |
Dengiz bo’yi bulvari ozarb. Dənizkənarı bulvarı | |
---|---|
Panorama fotosu | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Shahar | Boku |
Tegishli | Dengiz bo’yi Bulvari Idarasi |
Parkın tipi | Bulvar |
Asosiy sanalar: | 1909 — Asos solingan |
2008 — Qayta tiklash boshlanishi | |
Sayt | http://bulvar.gov.az/ |
Amalda, Boku Dengiz boʻyi bulvari bu — Kaspiy dengizi koʻrfazi boʻylab choʻzilgan suv boʻyidagi koʻchadir, lekin uni Bokuning eng goʻzal joyidagi dam olish zonasi desak toʻgʻriroq boʻladi. Suv boʻyidagi koʻchaning oʻzini kengligi 30 metrni tashkil etadi, lekin yonida yana sayr qilish uchun xiyobon, kanal, kafe va boshqa turli xil muassasalar mavjud.
Boku bulvari juda goʻzal, keng, shinam, kattadir va unda barcha qulayliklar mavjud. Bu yerda barchasi kichik detallargacha oʻylab qurilganligi koʻrinib turibdi. Bulvar Absheron yarim orolining katta qismini qamrab olgan va shaharning koʻpgina diqqatga sazovor joylarini birlashtiradi. Bu yerdan shaharga koʻpgina qiziqarli manzaralar ochiladi. Bu yerda kecha-yu kunduz qiziqarlidir. Bulvar boʻylab turli-tuman va qiziqarli oʻsimliklar ekilgan.
Boku Dengiz boʻyi bulvarining eng goʻzal qismi Togʻli park va Gubernator bogʻi (Azneft maydoni) orasida joylashgan. Funikulyor oldida Gilam muzeyiga tashrif buyurish mumkin, aynan Ozarbayjon hamda Eronda gilam toʻqish anʼanalari eng qadimgi ekanligini hisobga olganda, bu juda ham qiziqarli boʻladi.
Gilam muzeyi yonida qayiqlar toʻxtash joyi mavjud, bu yerda dam oluvchilar qayiqlarga oʻtirib Boku dengiz boʻyi bulvarida qurilgan kanallar tizimida sayohat qiladilar. Kanallar boʻylab venetsian uslubida qurilgan uylar boʻlib, ulardan nafis kichik koʻpriklar oʻtgan. Umuman olganda bu yer juda goʻzaldir.
Dengiz boʻyi Bulvari Azneft maydonidan Dengiz portigacha bir necha kilometrga choʻzilgan. Boshida u eski shahar IcheriSheher yonidan oʻtadi. Boku ramzi — Qiz qal’asi toʻgʻri suv boʻyidagi koʻchaga chiqqan. Soʻng, Boku bulvari boʻylab Neftchilar xiyobonida ampir uslubida qurilgan goʻzal uylarni koʻrish mumkin. Bulvar boʻylab nafaqat shahar mehmonlari balki, bokuliklar ham sayr qilishni yoqtiradi.[1]