Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Icheri – sheher
From Wikipedia, the free encyclopedia
Icheri — sheher (ozarb. İçərişəhər — Ichki shahar), xalq orasida — Qal’a[3] (ozarb. Qala), yoki „eski“ shahar[4] — Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi qadimiy yashash kvartali va tarixiy — meʼmoriy qoʻriqxona, yaxshi saqlanib qolgan qal’a devorlari bilan oʻralgan va shaharning eng qadimgi qismida[5] joylashgan va shaharning diqqatga sazovor joylaridan hisoblanadi. Qoʻriqxona egallagan 221 ming. m² maydonda 1300 dan ortiq oila yashaydi[6].
Icheri — sheher ozarb. İçərişəhər | |
---|---|
Qiz qal’asi , Darvoza, Bozor maydoni, Eski koʻcha, Devonxona, Muhammad masjidi, Chin — masjid, Qadimgi butlar, Shirvonshohlar saroyi | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Shahar | Boku |
Tegishli | Ichgarishaxar Davlat Tarixiy-Meʼmoriy Qoʻriqxonasi |
Ilk qayd etilgan vaqti | V asr[1][2] |
Asos solingan sana | XII asr |
Uslubi | Shirvan — Apsheron maktabi |
Holati | qoʻriqxonasi |
UNESCO muhofazasiga olingan | |
Rasmiy nomi: Walled City of Baku with the Shirvanshah’s Palace and Maiden Tower | |
Turi | Madaniy |
Mezonlari | vi |
Tayinlangan | 2000 |
Manba nomeri | 958 |
Davlat | Ozarbayjon |
Hudud | Yevropa va Shimoliy Amerika |
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni ro‘yxatga olish | |
Manba nomeri | 2 |
Turi | kompleks |
Ahamiyati | Dunyo ahamiyatida |
Icheri — sheherning plani |
Qoʻriqxona maydoniga bronza asridan [6] boshlab odamlar koʻchib kelgan. Arxeologik qazilmalar natijasida Icheri-sheher hududiga VIII—XI asrlardanoq odamlar yashagani, bu yerda hunarmandchilik va savdo-sotiq[7] rivojlangani maʼlum boʻldi. XV asrda Shirvonshoh oʻz qarorgohini Shemaxidan Bokuga koʻchirib oʻtdi, va bu Icheri-sheherni[4] „kristallanishiga“ sabab boʻldi. 1747 yildan 1806 yilgacha asosan Icheri-sheherda joylashgan Boku Boku xonligining poytaxti boʻlgan. Bokuni ruslar egallab olganidan soʻng 1806 yilda va ayniqsa neft qazish avjiga olganidan soʻng (XIX asr oʻrtalarida va XX asr boshlari) Boku shiddatli ravishda kengaya boshladi va Icheri — sheher qal’a devorlaridan tashqarisiga chiqdi.
Icheri — sheherda eng koʻzga koʻringan yodgorliklardan Qiz qal’asi va ozarbayjon meʼmorchiligining [8] durdonasi hisoblangan Shirvonshohlar saroyi majmuasini keltirish mumkin. Bundan tashqari qoʻriqxona hududida oʻnlab tarixiy yodgorliklar — masjidlar, karvon — saroylar, hommom, uylar joylashgan, bir qancha muzey, elchixona, mehmonxona, savdo obyektlari, kafe va restoranlar faoliyat yuritmoqda.
1977 yilda Icheri-sheher tarixiy — meʼmoriy qoʻriqxona[6] deb eʼlon qilingan, 2000 yilda esa Shirvonshohlar saroyi hamda Qiz qal’asi bilan birga YUNESKO ning umujahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Icheri-sheher Umumjahon meʼrosi roʻyxatiga kiritilgan Ozarbayjonning birinchi obyekti hisoblanadi.