Gyote Instituti
Germaniya Federativ Respublikasining nemis tilini chet elda targ'ib qilish va xalqaro madaniy almashinuv bo'yicha notijorat uyushmasi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Gyote Instituti (nemischa: ) bosh binosi Myunxenda joylashgan notijorat assotsiatsiyadir. U oʻz oldiga nemis tilini chet elda targʻib qilish, xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirish vazifasini qoʻygan. U nemis shoiri Iogan Volfgang fon Gyote sharafiga nomlangan. 2020-yilda nemis tili kurslarida 223 000 nafardan ziyod kishi qatnashdi. 2021-yil oxiriga kelib Gyote Institutlari 98 mamlakatda 158 ta joyda mavjud edi. Institutlar asosan federal byudjetdan moliyalashtiriladi.