Jungʻor—Sin urushi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Jung`or-Sin urushlari (moʻgʻ.: Зүүнгар-Чин улсын дайн , Xitoycha talaffuzi: 准噶尔之役) Jungʻor xonligining Sin sulolasi va uning moʻgʻul vassallariga qarshi oʻnlab yillar davom etgan toʻqnashuvlar turkumi edi. Janglar Ichki Osiyoning hozirgi markaziy va sharqiy Mongoliyadan hozirgi Xitoyning Tibet, Sinxay va Shinjon hududlarigacha boʻlgan keng hududlarida boʻlib oʻtdi. Sin gʻalabalari oxir-oqibatda Tashqi Moʻgʻuliston, Tibet va Shinjonning 1911-1912 yillarda sulola qulashigacha davom etgan Sin imperiyasi tarkibiga qoʻshilishi va bosib olingan hududlarda jungʻor aholisining katta qismi qirgʻin qilinishiga olib keldi .