Klis qamali
From Wikipedia, the free encyclopedia
Klis qamali yoki Klis jangi (Xorvatchada: Opsada Klisa, Bitka kod Klisa, Turkchada: Klise Kuşatmasi) Gabsburg monarxiyasi tarkibidagi Xorvatiya Qirolligining Klis qal’asinining qamali edi. Yigirma yildan ortiq davom etgan qal’ani qamal qilish va 1537-yildagi Klis yaqinidagi soʻnggi jang Xorvatiya feodal lordi Petar Kruzic boshchiligidagi mudofaa qiluvchi Xorvatiya-Gabsburg qoʻshinlari va Usmonlilar generali Murat-beg Tardic boshchiligidagi hujum qiluvchi Usmonlilar qoʻshinlari oʻrtasida Usmonli-Gabsburg urushlarining bir qismi sifatida boʻlib oʻtadi.
Klis qamali Klis jangi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Qamaldagi garnizon: Xorvatiya qirolligi |
Qamal qiluvchi armiya: Usmonlilar imperiyasi | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Petar Kruzic Niccolo dalla Torre |
Murat-beg Tardic Malkoc-beg | ||||||
Kuchlar | |||||||
Nomaʼlum, ammo kichik garnizon
|
Nomaʼlum qamal qiluvchi armiya
|
1493-yilda Krbava maydon jangidagi Usmonlilarning hal qiluvchi gʻalabasidan soʻng va ayniqsa, 1526-yilda Mohacs jangidan keyin xorvatlar Usmonli hujumlaridan himoyalanishda davom etadilar. 16-asrning dastlabki yillaridagi Usmonli istilosi Klis shahzodasi deb ham ataladigan Xorvatiya kapitani Petar Kruzic boshchiligidagi Uskoklarning shakllanishiga turtki boʻladi. Gabsburg mudofaa tizimining bir qismi sifatida Uskoklar Klisdagi bazani muhim mudofaa pozitsiyasi sifatida ishlatgan. Ular Usmonlilarga qarshi deyarli yakkama-yakka kurashadilar va yigirma yildan ortiq vaqt davomida qalʼani Usmonli hujumlaridan himoya qiladilar.
Usmonlilarning gʻalabasi va Petar Kruzicning oʻlimi bilan yakunlangan soʻnggi jangdan soʻng, suv taʼminotidan mahrum boʻlgan Klis himoyachilari 1537-yilning 12-martida oʻzlarining ozodliklari evaziga, nihoyat Usmonlilarga taslim boʻladilar. Fuqarolar shaharni tark etishadi, Uskoklar esa Senj shahriga chekinishadi va u yerda Usmonli qoʻshini bilan kurashni davom ettiradilar. Klis Bosniya Eyaletining maʼmuriy markazi yoki sanjakiga (Klis sanjagi) aylanadi va bir asr davomida shunday boʻlib qoladi.