Manjuriya
From Wikipedia, the free encyclopedia
Manjùriya (xit. an’anaviy 滿洲, soddalashtrilgan 满洲, pinyin: Mǎnzhōu manjur tilidagi — manchju), (eskirgan — mandjuriya yoki manjuriya) — Xitoyning shimoli-sharqidagi tarixiy hudud (Dunbey viloyati va Ichki Mongoliyaning sharqiy qismi). 1858-1860-yillargacha Aygun shartnomasi (1858) va Pekin Traktati (1860) boʻyicha Rossiyaga qoʻshib olingan hozirgi Priamurya va Primorye oblastlari ham „Manjuriya“ hududi deb hisoblangan. Baʼzida bu joylar „Tashqi Manjuriya“ deb atalib, Sin imperiyasi va Rossiya oʻrtasida bahsli hudud hisoblangan. Bundan tashqari baʼzi Xitoy xariyalarida tarixiy Manjuriya hududiga Saxalin oroli ham qoʻshib koʻrsatiladi. Manjuiya nomi XVII asrda shakllangan boʻlib, tarixda oʻz davlatiga ega boʻlgan manjur xalqi (janubiy tungus xalqlari) nomidan olingan. Sin imperiyasi davrida bu yerlar „Uch sharqiy hududlar“ deb atalgan ᡵᡤᡳ ᡳᠯᠠᠨ ᡤᠣᠯᠣ (dergi ilan golo).