Temir yo'lni elektrlashtirish
From Wikipedia, the free encyclopedia
Temir yoʻlni elektrlashtirish – temir yoʻl transportini harakatga keltirish uchun elektr energiyasidan foydalanish. Elektr energiya temir yoʻllarida asosan elektrovozlar (yoʻlovchilar yoki yuklarni alohida vagonlarda tashish) va elektropoyezdlarda (har bir aravachasi tortuv motoriga ega) qoʻllaniladi. Elektr energiyasi odatda IES (issiqlik elektr stansiyasi), GES (gidro elektr stansiyasi) va AESlarda (atom elektr stansiyasi) ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan elektr energiya temir yoʻl tarmogʻiga uzatiladi va poezdlarga taqsimlanadi.
Bu maqola ayni damda Kokandiskiy (munozara) 14:31, 26-Sentyabr 2023 (UTC) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 22:08, 9-Dekabr 2023 (UTC) (4 oy avval) da tahrir qilingan. |
Elektr energiyasi lokomotiv sastaviga odatda ikkita shaklda kontaktga kirishadi yaʼni bogʻlanadi: yoʻl boʻylab ustunlar, minoralar, tunnellar shiftiga osilgan holda (metropoliten bundan mustasno) yoki uchinchi rels (metropolitenda foydalaniladi) . Yuqorida joylashgan elektrlashtirilgan sim va uchinchi relsli tizimlar odatda qaytib oʻtkazgich sifatida ishlaydigan relslar hisoblanadi, ammo temiryoʻl transportininng baʼzi tuzilmalari oʻtkazgch sifatida toʻrtinchi relsdan foydalanadi.
Asosiy muqobil energiya bilan solishtirganda, dizel dvigateli, elektr temir yoʻllari sezilarli darajada energiya samaradorligiga egadir. Bundan tashqari temiryoʻl tizimida elektr energiya ishlatilishi yuqori operatsion xarajatlar sarfini kamaytiradi. Elektr toki bilan harakatlanuvchi lokomotivlar odatda dizelga qaraganda tovushsiz, kuchliroq, sezgir va ishonchli hisoblanadi. Ularda mahalliy emissiya hodisasi kuzatilmaydi va bu jarayon lokomotivlarning tunnel va shaharlarda yurishida muhim omil hisoblanadi. Baʼzi elektr tortish tizimlari regenerativ tormozlashni taʼminlaydi, bu poezdning kinetik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi va uni boshqa poyezdlar yoki umumiy kommunal tarmoq tomonidan foydalanish uchun taʼminot tizimiga qaytaradi. Dizel lokomotivlari neft mahsulotlarini yoqib yuborsa, elektr energiyasi turli manbalardan, jumladan qayta tiklanadigan energiyadan ham ishlab chiqarilishi mumkin[1]. Bu hodisa oʻz oʻrnida boshqa transport tizimlariga qaraganda temiryoʻl tizimining oʻziga hos muhim hususiyati hisoblanadi. Elektr energiyasi resurslari mustaqilligi temir yoʻl liniyalarini elektrlashtirish qarorida muhim rol oʻynagan. Deyarli neft yoki koʻmir konlariga ega boʻlmagan, ammo koʻplab gidroenergetikasiga ega temiryoʻl tizimida dengizga chiqa olmagan Shveytsariya konfederatsiyasi ikkinchi jahon urushi davridagi taʼminot muammolariga javoban birinchilardan boʻlib oʻzining elektrlashtirilgan tarmogʻini shakllantiradi[2][3].