Vaqt sayohati
From Wikipedia, the free encyclopedia
Vaqt sayohati — bu vaqtning maʼlum nuqtalari orasidagi harakat tushunchasi boʻlib, u obyekt yoki shaxs tomonidan boʻladigan fazodagi turli nuqtalar orasidagi harakatga oʻxshaydi. Bu odatda vaqt mashinasi deb nomlanuvchi faraziy qurilmadan foydalangan holda sodir boʻladi. Vaqt sayohati falsafa va badiiy adabiyotda, xususan, ilmiy-fantastikada keng tarqalgan tushunchadir. Vaqt mashinasi gʻoyasi H.G Uelsning 1895 yilda yozilgan "Vaqt mashinasi" romani orqali ommalashgan.
Oʻtmishga vaqt sayohati jismonan mumkinmi yoki yoʻqmi, bu nomaʼlum. Oldinga vaqt sayohati, vaqtni idrok etishning odatiy maʼnosidan tashqarida, keng koʻlamli kuzatilgan va maxsus nisbiylik va umumiy nisbiylik nazariyasida yaxshi tushuntirilgan hodisadir. Biroq, bir tanani boshqa tanaga nisbatan bir necha millisekunddan koʻproq oldinga siljitish yoki kechiktirish hozirgi texnologiya bilan amalga oshirishni iloji yoʻq. Vaqtning orqaga qarab sayohatiga kelsak, aylanuvchi qora tuynuk kabi umumiy nisbiylik nazariyasida bunga imkon beradigan yechimlarni topish mumkin.