![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/02/ITER_participants.svg/languz-640px-ITER_participants.svg.png&w=640&q=50)
Xalqaro tajribaviy termoyadro reaktori
From Wikipedia, the free encyclopedia
ITER (boshlang'ich abbr. inglizcha: International Thermonuclear Experimental Reactor, ITER) — halqaro tajribaviy termoyadro reaktorining loyihasi. ITERning fazifasi termoyadro reaktorining tijoriy maqsadda foydalanish imkoniyatlarini namoyish etish va bu yo'lda uchraydigan fizik va texnologik muammolarni hal qilishdan iboratdir.
![]() LOGOTIPI | |
![]() ishtirokchi davlatlar | |
![]() | |
Qisqartma | ITER |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 24 oktabr 2007-yil |
Joylashuvi | Fransiya |
Asoschi(lar)i |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Direktori | Bernard Bigot |
Aʼzolari |
Boshqalar:![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Vebsayti | iter.org |
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/cc/ITER-img_0237_detoure.jpg/640px-ITER-img_0237_detoure.jpg)
Reaktorni loyihalash ishlari yakuniga yetgan va uning qurilishi uchun Fransiyaning janubidagi Marseldan 60 km uzoqlikdagi —Kadarash (fransuzcha: Cadarache) tadqiqot markazi tanlangan. 2012-yil dekabrda ITER rahbariyati tomonidan mag'toka kompleks binosini qurish uchun fransuz-ispan konsortsiumi bo'lmish VFR bilan fuqoro-huquqiviy shartnoma imzolandi. 2013-yil may oyi holatiga ko'ra reaktorosti temirbeton asosini bunyod qilish ishlari yakunlandi. Kotlavan devorlari qurilmoqda. 2013yil avgustida mag'toka issiq kameralari uchun maydon tayyorlandi, ikkita yordamchi bino va energetik podstantsiya qurildi. Noyabrda esa mag'toka kompleksi atrofida drenaj va yordamchi tunnellar tashkil etildi. Dekabr oyi boshida reaktorning asosiga betondan 1.5 metrlik plitalar quyish ishlari boshlandi. Beton 21х26 metrli o'lchamdagi sektsiyalar bo'ylab olti oy davomida quyiladi. Barcha sektsiyalar soni 15 tani tashkil qiladi. Bitta sektsiyani quyish o'n soat davom etadi, keyin bir oy davomida beton qotadi. So'ngra opalubka va armatura yechib olinib navbatdagi sektsiyaga o'tiladi. 2014-yil 22 yanvargacha ikkita sektsiya quyildi. Bu bosqichni 2014-yil iyul oyigacha yakunlash rejalanmoqda.
Qurilish qiymati avvaliga 5 milliard yevroni, uni yakunlash ishlari 2016-yilga mo'ljallangan edi. Biroq taxmin qilingan harajatlar qiymati ikki barobar o'sdi va so'ngra tajribalar boshlanish sanasi 2020-yilga surildi.
Первоначально названиеAvval boshida «ITER» nomi было образовано как сокращение inglizcha: International Thermonuclear Experimental Reactorning qisqartirmasi edi, ayni vaqtda esa bu nom rasmiy abbreviatura hisoblanmaydi, balki lotincha Andoza:Lang-la2 — "yo'l" so'zi bilan ifodalanadi.