Xongul
From Wikipedia, the free encyclopedia
Xongul (Buxoro bugʻusi) (Cervus elaphus bactrianus) — O‘rta Osiyo hududida yashovchi bugʻular oilasi juft tuyoqlilar turkumiga mansub sutemizuvchi hayvon.
Xongul | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Hayvonlar |
Sinf: | Sutemizuvchilar |
Turkum: | Juft tuyoqlilar |
Oila: | Bug‘usimonlar |
Binar nomi | |
Cervus elaphus bactrianus |
Xongulning balandligi taxminan 120 smga yetadi. Tarmoqlangan och tusdagi shoxlar faqat erkak bug‘ularda bo‘ladi. Urgʻochilar shoxsiz. Shoxlari butoqli, uzunligi 110 sm ga yetadi. Kiyiklarning massasi taxminan 200 kg ni tashkil qiladi. Tana rangi jigarrang, sariq, kulrang och kulrang tusda, yozda qishga qaraganda yorqinroq tusga kiradi. Toʻq kulrang, yelkasida qoramtir yoʻllari bor. Bolalarning balandligi 60 sm gacha yetadi. Yangi tugʻilgan kiyiklarning tana vazni taxminan 9 kg ni tashkil qiladi. Ilgari Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi sohillaridagi qamishzor va toʻqaylarda tarqalgan edi. Hozirgi faqat Amudaryo vohasidagi qoʻriqxonalarda yashaydi. Suvda yaxshi suzadi. Oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Urchish davrida urgʻochi va erkaklari birga poda boʻlib yuradi. Sentabr—oktabrda juftlashadi. Aprel—mayda bolalaydi. Kiyiklar 2—3 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Ovlash taqiqlangan.