User:Progint/sandbox/Artsak
From Wikipedia, the free encyclopedia
Arsak yoki Arsax-Ozarbayjon hududidagi turkiy qabilalarga tegishli toponim. „Arsax“ soʻzi qadimgi saklar qabilasi nomi bilan bogʻliq boʻlib, „jasur sak“, „mardonavor sak“, „saklik erkak“ maʼnosini bildiradi. II asrdan boshlab Qorabogʻ hududi va uning janubidagi ayrim hududlar (Janubiy Ozarbayjon) Arsak deb nomlangan. Foydalanilgandan soʻng, Qorabogʻ toponimi „Arsak“ soʻzini siqib chiqardi. Likin hozirda ham „Qorabogʻ“ soʻzi bilan parallel ravishda ishlatilmoqda. Alban mamlakati parchalanishidan soʻng, Arsax patriarxiya markazi boʻlgan. Manbalarda Arsax „Mustahkamlangan viloyat“ hisoblangan va „mustahkam oʻlka“ deb nomlangan. Oʻrta asrlar boshlarida arman tarixchilari asarlarida bu soʻz Artsax shaklida uchragan. Turkiy tildan qaraganda bu soʻz qadimgi va zamonaviy arman tillarida hech qanday maʼnoga ega emas.[1]
Arsax viloyati (antik manbalarda Orxiston) oʻng qirgʻoq Albaniyasining viloyati hisoblanadi (hozirda bu — Togʻli Qorabogʻning bir qismi va Mil tekisligidir). „Armani geografiyasi“ga koʻra bu viloyat oʻz hisobida 12 ta kichik maʼmuriy birlikka boʻlingan. Arsax aholisni albanlar, gargarlar, gunnlar, xazarlar va barsillar tashkil etgan.[2]