2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi — AFC 4-turi
From Wikipedia, the free encyclopedia
2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi —AFC toʻrtinchi bosqichi oʻyinlari AFC vakilini CONMEBOL vakiliga qarshi qitʼalararo pley-off bosqichida aniqlagan yagona oʻyindan iborat uchrashuv boʻldi[2]. Dastlab bu uchrashuvni 2021-yil 11 va 16-noyabr kunlarida oʻtkazish rejalashtirilgan edi[3][4]. Ammo Osiyo qitʼasiga COVID-19 pandemiyasining taʼsiri tufayli 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi —AFC toʻrtinchi bosqichi oʻyinlarining sanasi va formati 2020-yil noyabrida oʻzgartirildi[5].
Turnir | AFC saralash musobaqalari | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Sana | 2022-yil 7-iyun | ||||||
Oʻyin oʻtkazilgan joy | Ahmad bin Ali stadioni, Al Rayyan, Qatar | ||||||
Hakam | Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)[1] | ||||||
Tomoshabinlar soni | 6,500 |
Uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklari milliy futbol terma jamoasi va Avstraliya milliy futbol terma jamoalari ishtirok etdi. 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi —AFC toʻrtinchi bosqichi oʻyini 2022-yil 7-iyun kuni Qatarning Al Rayyan shahridagi Ahmad bin Ali stadionida boʻlib oʻtdi[6].