4-fevral — Grigoriy taqvimida yilning 35-kuni . Yil yakuniga 330 (kabisa yilida 331) kun qoladi.
Yana qarang: Turkum:4-fevral bayramlari
Butunjahon saraton kasalligiga qarshi kurash kuni.
Xalqaro insonlar birodarligi kuni.
Neandertal odami kuni.
Yaxshi kayfiyat bayrami.
Abul Hasan Banisadr
Yana qarang: Turkum:4-fevral voqealari
634 — Birinchi Arab-Vizantiya urushi: Amr ibn al-Os boshchiligidagi musulmon qoʻshinlari Datin jangida vizantiyaliklarni magʻlub etishdi.
900 — Forxxaymdagi anjumanda Lyudovik IV Sharqiy Franklar qiroli taxtiga oʻtirdi.
960 — Tay Szu Xitoy imperatori bo‘ldi. Sun sulolasi boshlandi.
1169 — Sitsiliya sharqidagi zilzila natijasida 15 000 kishi halok boʻldi.
1194 — Genrix VI Gogenshtaufen Angliya qiroli Richard I Sheryurakni to‘lov evaziga ozod qildi.
1348 — Yaponiyada Shimoliy Saroy qoʻshinlari Shijonavata jangida Janubiy Saroy qoʻshinlarini magʻlub etishdi.
1508 — Trentoda Maksimilian Gabsburg Muqaddas Rim imperiyasi imperatori unvonini oldi.
1703 — Ako qasosi.
1719 — Pyotr I Rossiya imperiyasi aholisining birinchi roʻyxatini oʻtkazish toʻgʻrisida farmon chiqardi.
1755 — imperator Yelizaveta Petrovna Moskva universitetini tashkil etish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
1789 — AQSh Prezidenti etib George Washington saylandi.
1794 — Fransiya inqilobi: Milliy Konvent Fransiya va uning koloniyalarida qullikni bekor qildi.
1797 — Ekvadorning Riobamba shahri zilzila natijasida butunlay vayron bo‘ldi. Taxminan 40 ming kishi vafot etdi.
1824 — Amerikalik ixtirochi va tadbirkor Charles Goodrich Bostonda rezina kalishlarni ommaga taqdim etdi.
1857 — Neandertal kuni: neandertal birinchi marta ilmiy jamoatchilikka tanishtirildi.
1858 — German Goldshmidt Yevropa 52 asteroidini kashf etdi.
1861 — Amerika Konfederativ Shtatlari tashkil topdi.
1899 — Wake Atoll hech kimga tegishli boʻlmagan yer sifatida AQSh tomonidan anneksiya qilingan.
1899 — Filippin-Amerika urushi boshlandi.
1899 — Bremen (Germaniya) ning „Verder“ futbol klubiga asos solingan.
1911 — Rolls-Royce oʻz avtomobillari uchun emblemani oʻrnatdi.
1915 — Birinchi jahon urushi: Germaniya Britaniya orollariga dengiz blokadasini eʼlon qildi, bu cheklanmagan suv osti urushining boshlanishini bildirardi.
1921 — Baron Ungern hujum qilig Moʻgʻuliston poytaxti Urga shahrini Xitoy qoʻshinlaridan ozod qildi.
1944 — Amerika olimlari DNK ning tirik organizmlarda irsiy belgilarni saqlash va nasldan-naslga o‘tkazish vazifasini bajarishini isbot qilishdi.
1945 — Qrim konferensiyasi boshlandi.
1945 — Belgiya nemis bosqinidan butunlay ozod qilindi.
1948 — Shri Lanka mustaqilligi eʼlon qilindi.
1949 — Eronda Shahanshoh Muhammad Rizo Pahlaviyga suiqasd.
1961 — Angolada ozodlik urushi boshlandi.
1971 — Britaniya avtomobil va samolyot dvigatellari ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce Limited kompaniyasi bankrotlik natijasida milliylashtirildi.
1976 — Insbrukda (Avstriya ) XII Qishki Olimpiya oʻyinlari ochildi.
1977 — Keniya milliy aviakompaniyasi Kenya Airways tashkil etildi.
1980 — Abul Hasan Banisadr (tasvirda ) Eronning birinchi prezidenti boʻldi.
1992 — Hugo Chávez Venesuelada davlat toʻntarishi uyushtirdi.
1994 — Toshkentda kompyuter aloqasi tarmog‘i (1996-yildan UzPAK ) tashkil etildi.
1994 — Oʻzbekiston Avtomobil transporti xalqaro uyushmasiga aʼzo boʻldi.
1997 — JAR ning yangi Konstitutsiyasi kuchga kirdi.
1998 — „Ustoz“ jamg‘armasi tashkil topdi.
2003 — Yugoslaviya Ittifok Respublikasi tugatilib, uning oʻrnida Serbiya va Chernogoriya davlati tashkil topdi.
2004 — Facebook ishga tushdi.
2005 — Ukraina Oliy Radasi (375 deputat) koʻpchilik ovoz bilan Yuliya Timoshenkoni Ukrainaning Bosh vaziri etib tasdiqladi.
2009 — Britaniya Harbiy-dengiz kuchlarining HMS Vanguard va Fransiyaning Le Triomphant yadroviy suv osti kemalari (ikkalasi ham bortida WMD bilan) Atlantika okeanida suv ostida toʻqnashib ketdi.
2022 — Pekinda (XXR) XXIV qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilishi .
Yana qarang: Turkum:4-fevralda tugʻilganlar
1494 — Fransua Rable (1553) — fransuz yozuvchisi, eng mashhur satiriklardan biri.
1682 — Johann Friedrich Böttger (1719) — nemis kimyogari, oq farfor olgan birinchi yevropalik.
1746 — Tadeusz Kostyushko (1817) — Polsha milliy qahramoni, harbiy va siyosiy arbob.
1799 — Juan Batista de Almeida Garrett (1854) — portugaliyalik shoir, dramaturg va siyosatchi.
1808 — Josef Kaetán Thiel (1856) — chex dramaturgi va shoiri, Chexiya madhiyasi matnining muallifi.
1873 — Mixail Prishvin (1954) — rus sovet yozuvchisi, publisist.
1875 — Ludwig Prandthal — (1953) — nemis mexanigi va fizigi, aerodinamika asoschilaridan biri.
1881 — Kliment Voroshilov (1969) — sovet davlat, partiya va harbiy arbobi, Sovet Ittifoqi Marshali.
1900 — Jacques Préver (1977) — fransuz shoiri, kinodramaturg, ssenariynavis.
1902 — Manuel Alvarez Bravo (2002) — meksikalik atoqli fotograf.
1903 — Simo Bayich (1942) — partizan, Yugoslaviya milliy qahramoni.
1906 — Clyde William Tombo (1997) — amerikalik astronom, Plutonni kashf qilgan.
1913 — Rosa Parks (2005) — amerikalik ijtimoiy faol, Qoʻshma Shtatlardagi qora tanlilarning fuqarolik huquqlari harakatining kashshofi.
1945 — Po‘lat Bulbul o‘g‘li — sovet va ozarbayjon qo‘shiqchisi, bastakor, siyosatchi va diplomat.
1947 — Abirqul Boʻtayev (2002) — tarixchi olim va muzeyshunos, SSSR Xalq maorifi aʼlochisi. Samarqand viloyatida 1984 -yilda Tarix va oʻlkashunoslik muzeyiga asos solgan.
1948 — Alice Cooper (haqiqiy ismi — Vincent Fourne) — amerikalik rok musiqachi.
1973 — Oskar de La Hoya — amerikalik bokschi, olimpiya chempioni (1992), jahon chempioni.
1975 — Vincent Fourne) - avstraliyalik qoʻshiqchi va aktrisa.
1985 — Leslie (Leslie Burgoin ) — fransuz R’nʼB qoʻshiqchisi.
1989 — Valentina Gunina — rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster.
1995 — Lisa Vittozzi — italiyalik biatlonchi.