![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/af/Abdul_Ghani_Baradar.jpg/640px-Abdul_Ghani_Baradar.jpg&w=640&q=50)
Abdul Gʻani Barodar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Abdul Gʻani Baradar (1963-yil 29-sentyabr yoki tax. 1968-yilda tugʻilgan) — Afgʻoniston davlat arbobi va diniy arbobi, ayni paytda Afgʻonistonlik Abdul Salam Hanafiy va Abdul Kabir bilan birga bosh vazirning birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi. U, shuningdek, Tolibonning hammuassisi hisoblanadi. Uni Afgʻonistonda sharafli mulla bilishadi. U 2002-yildan 2010-yilgacha Mulla Umarning bosh oʻrinbosari boʻlgan, 2019-yildan esa Tolibonning toʻrtinchi qoʻmondoni, rahbar Hibatulloh Oxundzodaning uchta oʻrinbosaridan biridir.
Abdul Gʻani Baradar | |
---|---|
Mulla Sahibعبدالغني برادر | |
![]() Baradar. 2020-yil. | |
Afgʻoniston Bosh vazirining iqtisodiy masalalar boʻyicha birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi | |
Mansab davri 2021-yil 7-sentabr | |
Bosh vazir | Hasan Akhund |
Yetakchi | Hibatullah Akhundzada |
Oʻtmishdoshi | Hasan Akhund |
Afgʻoniston Islom Amirligi rahbarining uchinchi oʻrinbosari | |
Mansab davri 2021-yil 15-avgust | |
Yetakchi | Hibatullah Akhundzada |
Afgʻoniston Islom Amirligining iqtisodiy komissiyasi rahbari | |
Mansab davri 2022-yil | |
Yetakchi | Hibatullah Akhundzada |
Afgʻoniston Islom Amirligi siyosiy idorasi rahbari | |
Mansab davri 2019-yil 24-yanvar – 2021-yil 21-avgust | |
Yetakchi | Hibatullah Akhundzada |
Oʻtmishdoshi | Sher Mohammad Abbas Stanikzai |
Vorisi | Suhail Shaheen |
Afgʻoniston Islom Amirligi rahbarining birinchi oʻrinbosari | |
Mansab davri 2002-yil may – 2010-yil 8-fevral | |
Yetakchi | Mullah Omar |
Oʻtmishdoshi | Mohammad Rabbani |
Vorisi | Akhtar Mansour |
Afgʻoniston mudofaa vaziri oʻrinbosari | |
Mansab davri 1996-yil 27-sentabr – 1997-yil aprel | |
Yetakchi | Mullah Omar |
Vorisi | Muhammad Fazl |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1963-yil 29-sentabr (yoki 1968-yil) Yatimak qishlog'i, , Deh Ravud tumani, Uruzgan Provinsiyasi, Afg'oniston |
Millati | Afg'on |
Mukofotlari | Time jurnalining 2021-yildagi 100 ta eng nufuzli insonlar roʻyxatida nomi tilga olingan |
Harbiy xizmatlari | |
Qoʻshin turi |
Gʻarbiy Afgʻoniston korpusi Markaziy korpus, Kobul |
Janglari |
Sovet-Afgʻon urushi Afgʻonistondagi fuqarolar urushi (1996–2001) Afgʻonistondagi urush (2001–2021) |
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4d/Abdul_Ghani_Baradar_-_2020.jpg/220px-Abdul_Ghani_Baradar_-_2020.jpg)
U 1996-yildan 2001-yilgacha Tolibon boshqaruvi davrida yuqori lavozimlarda ishlagan. 2001-yilda Tolibon hukumati AQSh boshchiligidagi tashqi kuchlar ishtirokida qulagach, u tashkilotning Pokistondagi Kvetta Shoʻrosini boshqarishga koʻtarilib, Tolibonning amaldagi rahbariga aylandi. U 2010-yilda Pokiston tomonidan qamoqqa tashlangan. Bunga sabab qilib u Afgʻoniston hukumati bilan tinchlik kelishuvini Pokiston ishtirokisiz yashirincha muhokama qilgani uchun degan ehtimol koʻrsatiladi. U 2018-yilda Qoʻshma Shtatlar iltimosiga koʻra ozod etilgan va keyinchalik Tolibon rahbarining oʻrinbosari va Qatardagi siyosiy idorasi rahbari etib tayinlangan.
2021-yil 15-sentyabrda Baradar Time jurnalida „2021-yilning 100 ta eng nufuzli odami“ roʻyxatiga kiritilgan[1].