![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/ff/Grimm.jpg/640px-Grimm.jpg&w=640&q=50)
Aka-uka Grimmlar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Aka-uka Grimmlar, Jacob (1785. 4.1, Xanau sh. - 1863.20.9, Berlin) Wilhelm Grimm (1786.24. 2, Xanau sh. — 1859.16.12, Berlin) — nemis filolog olimlari. Marburgda yuridik maʼlumot olishgan. A.-U.G.ning ilmiy-pedagogik faoliyatini Gyottinggen universitetida boshlangan. 1837-yilda konstitutsiya qonunlariga rioya qilmagani uchun Gannover qiroliga qasamyod qilishdan bosh tortishgan va universitet professori lavozimlaridan chetlatilgan. 1841-yildan Berlin universitet professorlari va Prussiya Fanlar akademiyasi aʼzolari sifatida faoliyat olib borishgan. A.-u.G. nemis romantiklarining Geydelberg guruhiga mansub boʻlib, oʻrta asrlar nemis yozma madaniyati na'munalarini eʼlon qilishgan va shu davrda yashagan min-nezinger va meysterzingerlar ijodini oʻrganishgan. A.-u.G. nemis folk-lorshunosligida mifologik maktabga asos solganlar, xalq ijodini, til-shunoslikka oid ishlarida boʻlganidek, qiyosiy metod asosida oʻrganganlar. "Nemis mifologiyasi" (1835) kitobi va hayvonot eposining paydo boʻlishi haqidagi nazariyasi nafaqat nemis folklori, balki turli xalqlar mifologiyasini oʻrganishda muhim rol oʻynagan. Har biri 2 jilddan iborat nemis xalq ertak va rivoyatlari ("Bo-lalar va oila ertaklari", "Nemis rivoyatlari")ning nashr etilishi A.-u.G. ning eng katta xizmati hisoblanadi. Ular ertak va rivoyatlarni yozib olishda xalq tili va fantaziyasining oʻziga xosligini toʻla saqlab qolishni folklorshunoslikning asosiy talabi deb bildilar va har bir ertakka bergan izohlarida shu ertaklarning Yevropa xalklari folkloridagi barcha nusxalarini qayd etishga intildilar. Ularning fikriga koʻra, ertaklar olamidagi mushtaraklik "otamif" ning mavjudligi va uning yagona ajdodning merosi sifatida turli xalqlar oʻrtasida tarqalganligi bilan izohlanadi. Bu mifologik nazariya uzoq yillar mobaynida hukm surganiga qaramay, keyingi vaqtda oʻz tasdigʻini topmadi. A.-u. G. filolog olimlar sifatida 2 jildli "Nemis tili tari-xi" (1848) va 4 jildli "Nemis gramma-tikasi" (1819—37) tadqiqotlarini ham yaratganlar. A.-u.G.ning ertaklari jahon xalklarining koʻplab tillariga tarjima qilingan va bu ertaklar asosida teatr, kino, musiqa va tasviriy sanʼat asarlari yaratilgan.
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/ff/Grimm.jpg/640px-Grimm.jpg)