Akademik
From Wikipedia, the free encyclopedia
Akademik — ayrim mamlakatlarda yuksak ilmiy unvon. Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasida akademiklar saylanadi. Akademiklik unvoni Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi va boshqa ilmiy hamda oʻquv muassasalarining olim va ijodkorlari, shuningdek ayrim shaxslarga beriladi.
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Akademik (maʼnolari).