Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi (inglizcha: United States Congress) — qonun chiqaruvchi organ, AQShning uchta eng yuqori federal hukumat organlaridan biri. Vakolatlar AQSh Konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Kongress ikki palatali boʻlib, u Senat va Vakillar Palatasidan iborat. AQSh Konstitutsiyasining 1-moddasi, 4-boʻlimiga binoan Kongress yiliga kamida bir marta yigʻiladi va uning sessiyalari dekabr oyining birinchi dushanbasida boshlanadi. Oxirgi meʼyor 1933-yilda 20-yanvardagi tuzatish qabul qilinishi bilan oʻzgartirildi, yaʼni endilikda 3-yanvar kuni tushda sessiyaning boshlanishini belgilab berdi.