Andrea Sestini Hlaváčková
From Wikipedia, the free encyclopedia
Andrea Sestini Hlaváčková (1986-yil 10-avgustda tugʻilgan) — chexiyalik sobiq professional tennischi.
Andrea Sestini Hlaváčková | |
---|---|
Mamlakat | Chexiya |
Istiqomat joyi | Plzen, Chexiya |
Tugʻilishi |
10-avgust 1986-yil (1986-08-10) (37 yosh) Plzen, Chexoslovakiya (hozirgi Chexiya) |
Boʻyi | 1.74 sm |
Professionallik | 2004-yil |
Faoliyati tugashi | 2022[1][2] |
Ishlatadigan qoʻli | oʻng qol |
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $US$5,261,917 |
Rasmiy sayti | andreahlavackova.com |
Yakkalik bahslar | |
Rekordi | 359–317 |
Jami titullari | 0 WTA, 8 ITF |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 58 (10-sentyabr 2012-yil) |
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari | |
Australian Open | 2R (2011) |
French Open | 1R (2011, 2013, 2015) |
Wimbledon | 2R (2010, 2011, 2012) |
US Open | 4R (2012) |
Juftlik bahslari | |
Rekordi | 522–246 |
Jami titullari | 27 WTA, 19 ITF |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 3 (22-oktyabr 2012-yil) |
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari | |
Australian Open | F (2016, 2017) |
French Open | W (2011) |
Wimbledon | F (2012) |
US Open | W (2013) |
Boshqa juftlik turnirlari | |
Tour Finals | W (2017) |
Olimpiyada oʻyinlari | F (2012) |
„Katta dubulgʻa“ turniri aralash juftlik bahslari natijalari | |
Australian Open | QF (2012) |
French Open | SF (2016, 2017) |
Wimbledon | 3R (2014) |
US Open | W (2013) |
Jamoa musobaqalari | |
Fed Cup |
W 2012, 2014 4-2 |
U juftlik bahslarida uch karra „Katta dubulgʻa“ chempioni boʻlib, 2011-yilgi Fransiya ochiq chempionati va 2013-yilgi AQSh ochiq chempionatining ayollar oʻrtasidagi juftlik bahslarida Lyusi Xradekka bilan birga gʻolib chiqqan. Sestini Hlaváčková, shuningdek, 2012-yilda Wimbldon chempionati va Amerika ochiq chempionati, 2017 -yilgi Avstraliya ochiq chempionatida ayollar oʻrtasidagi juftlik bahslarida ikkinchi oʻrinni egallaydi. U 2012-yil oktyabr oyida dunyoning juftlik bahslarida oʻzining eng yuqori reytingiga erishdi.
Yakkalik bahslarida Sestini Hlaváčkova 2012-yil sentyabrida faoliyatidagi eng yuqori pogʻonaga ko'tarildi. 2013-yilda Gashteynda bitta WTA finaliga chiqadi. Uning eng yaxshi yirik yakkalik natijasi 2012-yilgi US Open turnirida toʻrtinchi raundga chiqishi boʻldi. Sestini Hlaváčkova 2012 va 2014-yillarda Fed Kubogini qoʻlga kiritgan Chexiya jamoasi tarkibida boʻlgan.[3] U 2012-yilgi London Olimpiadasida Hradecká bilan birgalikda juftlik bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritadi.