From Wikipedia, the free encyclopedia
Angliya-Amerika urushi (1812-14) — bir tomondan, Angliyaning AQSH savdosi va iqtisodiyotini barbod qilishga intilishi va ikkinchi tomondan, AQShning oʻz yerlarini kengaytirish, Kanadani bosib olish yoʻlidagi intilishlari oqibatida vujudga keldi. 1812-yil 18-iyunda AQSH Angliyaga urush eʼlon qildi. Xalqaro vaziyatning qulay kelganligiga qaramay, AQSH Kanadaga bostirib kira olmadi. AQSH qoʻshinlari Eri koʻli (1813-yil, sentyabr), Shampleyn koʻli (1814-yil, sentyabr) va boshqalarda gʻalaba qozondilar. Biroq, Angliya AQSH qirgʻogʻini qamal qildi va 1814-yil 24-iyulda askar tushirib, Vashingtonni egalladi va koʻp qismiga oʻt qoʻydi (1814-yil, avgust). Urush davomida amerikaliklarning harbiy harakatlari AQShning mustaqillik uchun kurashiga aylanib ketdi. 1814-yil 24-dekabrda Gent shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma urushdan oldingi vaziyatni tikladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.