Anqara
From Wikipedia, the free encyclopedia
Anqara — Turkiya Respublikasining poytaxti, Anqara vilotatining maʼmuriy markazi. Aholisi 4 million kishi (shahar atrofi bilan, 1997). Shahar Anadolu yassitogʻligida, Anqara va Chubuk daryolari tutashgan joyda, dengiz sathidan taxminan 938 m balandlikda. Anqara va avtomobil yoʻllari tuguni, xalqaro aeroport bor. Mamlakatning yirik sanoat, savdo va madaniyat markazi. Anqara Kichik Osiyoning koʻhna shaharlaridan biri; milloddan avvalgi VII asrda Osiyoni Yevropa bilan bogʻlagan savdo yoʻllaridagi Rim imperiyasiga qarashli muhim savdo markazi sifatida maʼlum. XI asrdan Anqara saljukiy turklar tasarrufida. XIV asrning 1-yarmidan usmonlilar saltanati tarkibidagi Anqara poshsholigining maʼmuriy markazi. 1402-yil 20-iyulda Anqara yonida katta buyuk Amir Temur bilan turk sultoni Boyazid I Yildirim oʻrtasida jang boʻlgan (qarang Anqara jangi). 1864-yildan esa viloyat markazi. 1920-yil 23-aprelda Anqarada Turkiya Buyuk Millat majlisi ochildi va unda yangi milliy hukumat tashkil etildi. 1923-yil 13-oktabrdan Anqara Turkiya poytaxti, 1923-yil 29-oktabrdan Turkiya Respublikasining poytaxti deb eʼlon qilindi. Anqarada Turkiyaning asosiy harbiy sanoat (oʻqdori, qurol-aslaha, samolyot zavodlari), mashinasozlik va metallsozlik, elektrotexnika, sement, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Anqarada bir necha universitet, konservatoriya, Otaturk nomidagi pedagogika instituti, Tasviriy sanʼat akademiyasi, oliy texnika maktabi, bir qancha hunar oʻquv yurtlari, teatrlar, muzeylar, kutubxonalar, kino-teatrlar va boshqa ilmiy-madaniy muassasalar bor. Shahar 2 qismdan iborat. Shimoliy yoki eski Anqarada oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklari saqlanib qolgan. Anqara poytaxt boʻlgach, uning janubiy qismida zamonaviy binolar qurilgan.
Anqara | |
---|---|
Poytaxt va metropolitan munitsipaliteti | |
Nickname(s): | |
Mamlakat | Turkiya |
Mintaqa | Viloyat |
Markaziy Anadolu | Anqara |
Hukumat | |
• Hokim | Mansur Yavaş |
• Gubernator | Vasip Şahin |
Hudud | |
• Poytaxt va metropolitan munitsipaliteti | 4 130,2 km2 (2 sq mi) |
• Metro | 24 521 km2 (9 sq mi) |
Balandligi | 938 m (3 100 ft) |
Aholisi (31-dekabr 2023-yil) | |
• Poytaxt va metropolitan munitsipaliteti | 5 803 482 |
• Zichligi | 14/km2 (36/sq mi) |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 (TRT) |
Pochta kodi |
06xxx |
Hudud kodi | +90 312 |
Veb-sayt |
ankara.bel.tr ankara.gov.tr |