Meʼmor, Arxitektor (lotincha: architektor — bi-nokor, bosh usta) — turli imorat va inshootlarni meʼmorlik qonun va qoidalari asosida ijod etuvchi va loyihalar ishlovchi mutaxassis. Qadim zamonlarda Meʼmor bino loyihasini ishlash bilan birga uni quruvchi bi-nokor va muhandisi ham boʻlgan. Meʼmorlik va texnika taraqqiyoti natijasida Meʼmor ijodi murakkablashib bir qancha maxsus sohalarga boʻlinib ketdi: shaharsoz M; sanoat korxonalarini loyihalovchi Meʼmor; meʼmorlik tari-xi va nazariyasi boʻyicha Meʼmor va boshqa Meʼmor koʻp qirrali sohalarni egallagan ijodkor mutaxassis. U binokorlik imkoniyatlaridan foydalanib goʻzallik qonunlari asosida yangi fazoviy muxit yaratadi. Avval loyihada rejani olib, keyin zamin ustida bunyod etadi. Qurilish jarayoni hozirgi zamonda juda murakkab, shuning uchun ham Meʼmor qurilish maydonida mualliflik nazorati olib borib bi-noning moʻljaldagidek chikishini taʼminlaydi.[1]

Thumb

Yana qarang

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.