Balandlikka sakrash
From Wikipedia, the free encyclopedia
Balandlikka sakrash - bu texnik turdagi vertikal sakrashlar turkumiga kiradigan Yengil atletika sport turlaridan biri. Sakrashning tarkibiy qismlari yugurish, qayrilishga tayyorgarlik, qayrilish, toʻsiqdan oʻtish va tushishdir.
Sportchilardan sakrovchanlik qobiliyatini va harakatlarni muvofiqlashtirishni talab qiladi. Bu tur boʻyicha musobaqalar yoz va qish mavsumida oʻtkaziladi. Bu tur 1896-yildan beri erkaklar uchun va 1928-yildan beri ayollar uchun Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan.
1993-yilda Sotomayor Xaver erkaklar oʻrtasida 2,45 m balandlikka sakrab rekord oʻrnatgan. Bu natija erkaklar oʻrtasidagi balandlikka sakrash tarixidagi eng baland sakrashdir. Bolgariyalik Stefka Kostadinova 1987-yilda 2,09 m balandlikka sakrab ayollar oʻrtasida jahon rekordini oʻrnatgan.