Banjo — toʻrt, besh yoki olti torli musiqa asbobi. Banjoning sodda formalarini birinchi AQShdagi kelib chiqishi Afrikalik boʻlgan xalqlar bir qancha Afrikada uchraydigan asboblarga oʻxshatib yasashgan. Banjo odatda country, folklor, irland milliy musiqasi va bluegrass musiqa stillarida ishlatiladi.
Besh torli banjo | |
Torli asbob | |
---|---|
Turi |
Torli asbob |
Hornbostel–Sachs klassifikatsiyasi |
321.322-5 (Kompozit xordofon) |
Registri | |
(standart sozlangan toʻrt torli banjo) |
Tarixi
Bajno 17-arddada Gʻarbiy Afrikadan AQShning janubiy shtatlariga keltirilgan. 19-asrning 30-yillarida takomillashtirilgan shakli yuzaga kelgan. Avvaliga faqat afrikalik amerikaliklar ichida maʼlum boʻlgan asbob keyinchalik butun Amerikada keng tarqaldi. 20-asrda banjoning yangi turlari (banjo-ukulele, banjo-mandolina, banjo-tenor, banjo-gitara) yuzaga keldi.
Tuzilishi
Banjoning qorni yumaloq boʻlib, u hayvon terisi yoki plastik bilan qoplanadi. Banjoda metall pardali uzun dastaga 4, 5 yoki 6 poʻlat sim tortiladi. Banjo yakka tarzda hamda joʻrnavoz soz sifatida ishlatiladi. Asboning tovushi oʻtkir, jarangdor. Banjoda bir ovozlik kuylar hamda akkordlarni chalish mumkin.
Havolalar
Vikiomborda Banjo haqida turkum mavjud |
- http://elib.hamilton.edu/hc/hc-main.php?id=col_spe-ban&c=spe_ban (Wayback Machine saytida 2012-07-24 sanasida arxivlangan)
- http://tpn.lowtech.org/banjo.php (Wayback Machine saytida 2011-08-31 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.