Bitumli va qatronli bogʻlovchilar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Organik boglovchi moddalardan kurilish materiali sifatida foydalanish qadim zamonlardan boshlangan. Masalan, misrliklar minora, don omborlari va boshqa inshootlarni qurishda, devor toshlarini bir-biriga biriktirish uchun tabiiy bitumlarning kum bilan aralashtirilgan qorishmalaridan foydalanganlar. Ohak, gips singari bog‘lovchilar topilgandan so‘ng, organik bog‘lovchilarni ishlatilishi bir muncha sekinlashgan. Keyinchalik, XIX asrning o‘rtalariga kelib, organik boglovchilar yul kurilishida kullana boshlandi.
Respublikamizda organik boglovchilarni kurilishda ishlatilish davrining boshlanishi 1930-1932 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda maxalliy neftni kayta ishlash zavodlari ishga tushirilishi bilan neft bitumlari ko‘plab ishlab chikarila boshlandi va ular asosida olinadigan materiallarning turlari ham ko‘paydi. Hozirgi vaktda Fargona, Buxoro va Oltiariqdagi neftni kayta ishlash zavodlaridan chikayotgan bitumlar Respublikamizning bitumli materiallarga bulgan extiyojlarini tula kondira oladi.