Braziliya eʼtirozlari (2013)
From Wikipedia, the free encyclopedia
2013-yilgi Braziliya eʼtirozlari (boshqa nomlari: Salat qoʻzgʻoloni, Sirka qoʻzgʻoloni, Braziliya bahori) Braziliyaning Natal shahrida 2012-yil avgustida boshlanib, 2013-yil mart oyida boshqa shaharlariga tarqab ketgan norozilik namoyishlaridir. Noroziliklar Movimento Passe Livre (Bepul Kira Harakati) tomonidan tashkillashtirilib, avvalboshda jamoat transportida yoʻlkira haqi oshirilishi tufayli kelib chiqdi.[3][4][5][6] Eʼtirozlar keyinchalik ularni bostirishda namoyon boʻlgan politsiya shafqatsizligiga qarshi boʻlib ketdi.[7][8] 2013-yil iyuniga kelib namoyishlar 1992-yildan beri Braziliya koʻrgan eng katta tadbirga aylandi.[9]
Braziliya eʼtirozlari | |
---|---|
Braziliya: Natal, Porto Alegre, Goiânia, São Paulo, Niterói, Rio de Janeiro, Brasília, Belo Horizonte, Curitiba, Fortaleza, Belém, Rio Branco, São Luís, Vitória, Maceió, Salvador va boshqa joylar | |
Sana | Avgust 2012 – bugun |
Sabab |
• Avtobus, poyezd va metro yoʻlkirasi oshishi • Infratizim, taʼlim va sogʻliqni saqlash muammolari • Qimmatchilik • Hukumatning sport tadbirlarga haddan oshiq koʻp xarajati • Hukumat qarorlariga taʼsir qila olmasi • Politsiya shafqatsizligi • Hukumat aʼzolarining korrupsiya va oʻzlashtirish ustida qoʻlga tushishi • Braziliya prokuraturasi vakolatini cheklovchi Milliy Majlisdagi ziddiyatli qonun loyihasi |
Maqsad |
• Jamoat transportini yaxshilash, yoʻlkirani pasaytirish • Taʼlim, sogʻliqni saqlash va infratizimga eʼtibor qaratish • Sport va boshqa tantana-tadbirlarga xarajatlarni kesish |
Belgilari | Namoyishlar, online faollik, marshlar |
Oʻlim(lar) | 1[1] |
Jarohat(lar) | 100[2] |
Hibs(lar) | kamida 250[2] |
Namoyishchilar keng koʻlamli islohotlar talab qilishdi, bularga xalq taʼlimi va sogʻliqni saqlash sohalarini moliyalashtirishga eʼtibor qaratish, futbol boʻyicha jahon chempionati kabi xalqaro sport tadbirlariga ortiqcha pul sarflamaslik, jamoat transporti infratizimini yaxshilash va shu bilan birga yoʻl haqini pasaytirish kabi talablar kiradi. Noroziliklarda qatnashayotganlarning aksariyati oliy maʼlumotli fuqarolardir.[10]