From Wikipedia, the free encyclopedia
Choʻqintirgan ota kokteyli (inglizcha: Godfather) — skotch va amarettodan tashkil topgan spirtli kokteyl. Bu „Choʻqintirgan ona“ kokteylining „yaqin qarindoshi“. Xalqaro barmenlar assotsiatsiyasining (IBA) „Zamonaviy klassik“ toifasidagi (inglizcha: Contemporary classics) rasmiy kokteyllaridan biri[1].
Old feshn bokali muz bilan toʻldiriladi, viski va bodom likyori quyiladi, undan keyin kokteyl ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi[2].
Koʻpgina holatlardagidek, bu kokteylning ham aniq kelib chiqishi nomaʼlum. U xuddi shu nomdagi film chiqishidan biroz oldin mashhur boʻldi. Afsonaga koʻra, „Choʻqintirgan ota“ kino dostonida asosiy rollardan birini oʻynagan taniqli kino aktyori Marlon Brando bu kokteylni boshqalardan afzal koʻrgan. Bundan tashqari, ehtimol, bu kokteyl shunday nomlanishiga sabab, unga italyan amaretto likyori qoʻshilgani uchundir.
Disaronno 1:2 amaretto va viski nisbatini tavsiya qiladi, yaʼni 25 ml amaretto va 50 ml viski[3].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.