Chortoq tumani
Oʻzbekistondagi tuman / From Wikipedia, the free encyclopedia
Chortoq — Namangan viloyatidagi tuman. 1950-yil 15-aprelda tashkil etilgan. Gʻarbdan Yangiqoʻrgʻon, janubiy, janubi-sharqdan Uychi tumanlari, shimoliy va sharqda Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,36 ming km2. Aholisi 199.8 ming kishi (2020). Tumanda 1 shahar (Chortoq), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Alixon, Bogʻiston, Gulshan, Koroskon, Muchum, Oyqiron, Peshqoʻrgʻon, Saroy, Hazratishoh) bor. Markazi Chortoq shahri.
Qisqa faktlar tuman, Tarkibida ...
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Namangan viloyati |
Maʼmuriy markazi | Chortoq |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Xaritada | |
Yopish