From Wikipedia, the free encyclopedia
Christina María Aguilera (talaffuzi: Kristína Mariya Agilera; 1980-yil 18-dekabrda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, aktrisa va teleboshlovchidir. „Voice of a Generation“ („Avlod ovozi“) deb nom olgan Aguilera 1990-yillarning oxirida teen popni qayta jonlantirishga masʼul boʻlgan artistlardan biri oʻlaroq eʼtirof etildi. Aguilera oʻzining vokal qobiliyatidan jinsiy aloqa, feminizm va oiladagi zoʻravonlik kabi mavzularni muhokama qilish uchun foydalandi. U, shuningdek, tez-tez oʻz imidjini qayta kashf etdi, oʻzining behayo va noanʼanaviy koʻrinishi ortidan tanildi. Uning ashulalari ommaviy axborot vositalarida xush qarshilandi va koʻplab bahslarga sabab boʻldi.
Christina Aguilera | |
---|---|
Aguilera 2019-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Christina María Aguilera 18-dekabr 1980-yil New York shahri, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi |
|
Leybl |
|
Turmush oʻrtogʻi |
Jordan Bratman (turm. 2005; ajr. 2011) |
Janr | |
Faoliyat yillari | 1992 – hozirgacha |
Veb-sayt | christinaaguilera.com |
New York shahrida tugʻilib, Pennsylvaniada ulgʻaygan Aguilera faoliyatini ilk bor bolalar aktrisasi oʻlaroq boshladi va 1990-yillarda koʻplab teledasturlarda koʻrinish berdi. 1999-yilda RCA Records studiyasi bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, u aktrisalikdan pop musiqaga oʻtdi va shu yili oʻzining ismi bilan nomlangan albomini chiqardi. Albomdagi uch ashula — „Genie in a Bottle“, „What a Girl Wants“ va „Come On Over Baby (All I Want Is You)“ Billboard Hot 100da birinchi raqamni egallashdi, hatto buning ortidan Aguilera bubblegum pop artisti sifatida tanildi. Aguilera 2002-yilda karyerasini oʻzgartiruvchi albom — Strippedni chiqardi; albomdagi „Dirrty“ ashulasi uchun tasvirga olingan musiqiy video Aguileraning seksualligini kashf etilishi borasida koʻplab bahslarga yoʻl ochdi va bu uni oʻsmirlar idoli imidjini yoʻqotishiga olib keldi. Shunday boʻlsa-da, albomning „Beautiful“, „Fighter“ va „Canʼt Hold Us Down“ singllari koʻplab mamlakatlar musiqiy chartlarida yuqori oʻntalikdan oʻrin oldi hamda Aguilera 2003-yilning eng muvaffaqiyatli ayol artisti oʻlaroq qayd etildi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.