Croodslar oilasi: Yangi uy
From Wikipedia, the free encyclopedia
Croodslar oilasi: Yangi uy (inglizcha: The Croods: A New Age) 2020-yili ekranlarga chiqarilgan sarguzasht-komediya janridagi AQSh kompyuter-animatsion filmidir[5].DreamWorks Animation studiyasi mahsuloti. Universal Pictures tomonidan tarqatilgan. Croodslar oilasi (2013) ning sikveli va Croodslar oilasi franshizasining ikkinchi toʻliq hajmli filmi boʻlgan mazkur multfilmga Joel Crawford rejissorlik qildi, ssenariyni esa Dan Hageman, Kevin Hageman, Paul Fisher va Bob Logan yozdi. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Nicolas Cage, Emma Stone, Ryan Reynolds, Catherine Keener, Clark Duke va Cloris Leachman kirishadi.
Croodslar oilasi: Yangi uy | |
---|---|
The Croods: A New Age | |
![]() Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Joel Crawford |
Prodyuser(lar) | Mark Swift |
Ssenariynavis(lar) |
|
Hikoya |
|
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | Mark Mothersbaugh |
Muharrir(lar) | James Ryan |
Studiya(lar) | DreamWorks Animation |
Distribyutor | Universal Pictures |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 95 daqiqa[1] |
Mamlakat |
![]() |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $65 million[2] |
Daromadi | $215.9 million[3][4] |
Avvalgi film | Croodslar oilasi |
Croodslar oilasi: Yangi uy filmi AQShda 2020-yilning 25-noyabridan boshlab katta ekranlarda namoyish etila boshlandi. Film omma va tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. $65 millionlik budjeti bilan umumjahon boʻylab $215 million daromad qildi. Shuningdek, Oltin globusning Eng yaxshi toʻliq hajmli animatsion film nominatsiyalariga nomzod qilib koʻrsatildi[6].