Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Kelag‘ayi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kelag‘ayi ipakdan to‘qilgan to‘rtburchak shakldagi milliy Ozarbayjon ro‘molidir. Ozarbayjonning g‘arbiy tomonida kelag‘ayini ba‘zan charkat deb ham atashadi. XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida Ozarbayjonning an‘anaviy kelag‘ayichilik markazlari ba‘zi siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy sabablarga ko‘ra, ayniqsa, Rossiyadan kirib kelgan arzon fabrika mollarining mahalliy korxona mahsulotlarini siqib chiqarishi natijasida ularga ehtiyoj pasaydi va kelag‘ayichilik astasekin isteʼmoldan qola boshladi. Endilikda faqatgina ikki markazda — Bosqol va Ganjada yig‘ilmoqda. 2014-yilda kelag‘ayi YUNESKOning nomoddiy-madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.[1][2]