Foydalanuvchi:Usmonov Gayrat/Avdiivka jangi (2022-2024)
From Wikipedia, the free encyclopedia
2022-2024-yillardagi Avdiivka jangi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi doirasidagi Donbass uchun jangning bir qismidir.
Avdiivka jangi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Ukrainaning sharqiy kampaniyasi, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Rossiya | Ukraina | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Andrey Mordvichev[3] | Oleksandr Syrskyi | ||||||
Harbiy birliklar | |||||||
Rossiya quruqlikdagi kuchlari | Ukrainian Army | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
Ogʻir[12][13] | Nomaʼlum (ogʻir deb taxmin qilinadi)[14] | ||||||
154 ta tinch aholi halok boʻlgan, 6 kishi bedarak yoʻqolgan[15] |
Avdiivka Ukrainadagi eng yirik mustahkamlangan hududlardan biridir. U Donetskga „darvoza“ deb ataladi. Ukraina Qurolli Kuchlarining Avdiivka ustidan nazorati Rossiyaga Donetskdan transport markazi sifatida foydalanishga imkon bermadi[16][17].
Avdiivka uchun janglar 2022-yil fevral oyida boshlangan. 2023-yil may oyiga kelib Rossiyaning oʻqqa tutilishi natijasida shahardagi barcha binolar shikastlangan. Avdiivkaning urushgacha boʻlgan 35 ming aholisidan, 2 mingdan kam aholi shaharda qolgan. 2023-yil 10-oktabrda rus armiyasi shaharga katta hujum uyushtirdi. Bu vaqtga kelib, Avdiivka va uning atrofi Ukraina tomonidan nazorat qilinadigan hududning Rossiya nazorati ostidagi hududiga chuqur kirib borgan. Rossiya armiyasining Avdiivkani egallashga boʻlgan faol urinishlari ushbu toʻsiqni kesib tashlash, front chizigʻini Donetskdan (bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan) uzoqlashtirish va Ukraina qoʻshinlarini Zaporojye viloyati va Baxmut chekkasidan olib chiqish istagi boʻlgan. Avdiivka Donetskdan Konstantinovka, Kramatorsk va Slavyanskgacha boʻlgan yoʻlda joylashgan.
Rossiyaning hujumi muvaffaqiyatli oʻtdi. 2024-yil 17-fevralda Ukraina Qurolli Kuchlari boʻlinmalari qamal ostida shaharni tark etishga majbur boʻldi[18][19].