From Wikipedia, the free encyclopedia
Gʻalaba kuni (turkcha: Zafer Bayramı), shuningdek, Turk Qurolli Kuchlari kuni (turkcha: Türk Silahlı Kuvvetleri Günü)[1]. Turkiyada 1922-yil 30-avgustda Dumlupinar jangidagi hal qiluvchi gʻalaba xotirasiga bagʻishlangan bayramdir. Shimoliy Kiprda ham nishonlanadi[2].
Gʻalaba bayrami | |
---|---|
Rasmiy nomi | Zafer Bayramı (Turkiya) |
Boshqa nomlari | Turkiya Qurolli kuchlari kuni |
Nishonlovchilar | Turkiya |
Turi | Milliy |
Ahamiyati | 1922-yil Dumlupinar jangida Turkiya armiyasi gʻalabasi sharafiga |
Sana | 30-avgust |
Nishonlanishi | Harbiy parad, aerobatika, namoyishlar, konsertlar, harbiy maktablardagi tadbirlar |
Bayram 1922-yil 30-avgustda yunon-turk urushidagi soʻnggi jang boʻlgan Dumlupinar jangidagi hal qiluvchi gʻalabaga bagʻishlanadi[3]. Jangdan keyin yunonlarning Anadoludagi hukmronligi tugadi[3]. G‘alaba kuni 1926-yildan buyon rasmiy bayram sifatida nishonlanib kelmoqda. Birinchi marta 1923-yil 30-avgustda nishonlangan[4].
Gʻalaba kuni butun Turkiya va Shimoliy Kiprda nishonlanadi. Turk Qurolli Kuchlarining ham bayramidir[1][2]. Asosiy bayram Anqaradagi Anitkabirda boʻlib oʻtadi. U yerda Turkiya prezidenti rasmiy gulchambar qoʻyish marosimidan soʻng nutq soʻzlaydi[4][5]. Istanbuldagi Harbiy Akademiyada ham tantanali marosim oʻtkazilib, barcha harbiy tadbirlar shu kuni amalga oshiriladi. Mamlakatning yirik shaharlarida paradlar oʻtkaziladi, Anqara ham bayram sharafiga milliy paradga mezbonlik qiladi[6][7][8]. 30-avgust kuni Turkiyada harbiy maktablarning bitiruv marosimi bo‘lib o‘tadi[9]. Turk yulduzlari harbiy samolyotlari Dumlupınar ustida havo koʻrgazmasi namoyish etadi[10]. Kechqurun yirik shaharlarda Qurolli Kuchlarning erkak va ayollarini tabriklash maqsadida bayram konsertlari o‘tkaziladi[11][12]. Oliy Bosh qoʻmondon vazifasini bajaruvchi Turkiya Prezidenti Prezidentlik majmuasida tadbir oʻtkazadi[13].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.