Gala ko‘li
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gala koʻli (turkcha: Gala Gölü Milli Parkı) — 2005-yil 5-mart kuni tashkil etilgan Koʻl Turkiyaning Marmara viloyatiga qarashli Edirne tumani hududida joylashgan. Koʻl ayni paytda milliy bogʻ hududiga kiradi[1].
Bu maqola ayni damda Kokandiskiy (munozara) 05:02, 28-Sentyabr 2023 (UTC) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 05:11, 28-Sentyabr 2023 (UTC) (4 oy avval) da tahrir qilingan. |
Gala ko`li | |
40°45′15″N 26°13′53″E G O | |
gala ko`li surati | |
Mamlakat | Turkiya |
Yuzasi | 6090 (15 000 akr) km² |
Qirgʻoq chizigʻining uzunligi | 12 km |
Eng katta chuqurligi | 11,5 m |
Oʻrtacha chuqurligi | 5,3 m |
Milliy bogʻ, Edirne viloyatining Ipsala va Enez tumanlari chegaralaridagi Pamuklu koʻli va Küçük Gala koʻlidan iborat hududni oʻz ichiga oladi. Milliy bogʻ Enezdan 8 km (5,0 milya) va Ipsaladan 23 km (14 milya) uzoqlikda joylashgan[2].
1991-yilda 2369 gektar (5850 akr) yer qoʻriqxona deb eʼlon qilingan. 2002-yilda Edirnedagi Trakya universiteti biologlari qishloq xoʻjaligida ishlatiladigan chiqindilar va oʻgʻitlar bilan koʻllarning ifloslanishi, shuningdek, nazoratsiz baliq ovlash faoliyati va kamyob qushlarni ovlash tufayli qoʻriqlanadigan hududni milliy park maqomiga aylantirishni talab qiladi[3]. 2005-yilda ushbu hudud 6090 gektar (15 000 akr)ga kengaytiriladi va u milliy bogʻ sifatida tashkil etiladi. Milliy bogʻ 3090 gektar (7600 akr) suv-botqoq, koʻl va 3000 gektar (7400 akr) oʻrmondan iborat ekotizimdir. Bogʻ turli oʻsimlik va hayvon turlarining yashash joyidir[2].
Milliy bogʻ hududi Atrof-muhit va oʻrmon vazirligining tabiatni muhofaza qilish va milliy bogʻlar bosh boshqarmasi (turkcha: Doğa Koruma ve Milli Parklar Genel Müdürlüğü) tomonidan boshqariladi.
Milliy bogʻ Maritsa suv-botqoq hududida joylashgan boʻlib[2].