Vengriyalik sportchi From Wikipedia, the free encyclopedia
György Kárpáti (1935-yil 23-iyun — 2020-yil 17-iyun)[1] — 1952, 1956, 1960 va 1964-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan vengriyalik sportchi. Suv polosi boʻyicha toʻrt yoki undan ortiq olimpiya medalini qoʻlga kiritgan sakkiz erkak sportchilardan biri. Uch karra olimpiya chempioni[2].
Kárpáti Budapeshtda tugʻilgan.1952-yilda oʻtkazilgan olimpiya oʻyinlarida oltin medalga sazovor boʻlgan Vengriya jamoasi aʼzolari qatorida boʻlgan. Beshta oʻyinda ishtirok etgan va raqiblari darvozasiga toʻrtta toʻp kiritgan.
Toʻrt yildan soʻng 1956-yilgi olimpiya oʻyinlarida yana oltin medalni qoʻlga kiritgan. Kárpáti olti oʻyinda maydonga tushgan. Kamida oltita gol urgan (Gollarining aniq soni nomaʼlum).
1960-yilgi olimpiadada Vengriya jamoasi bilan bronza medalni qoʻlga kiritgan. Toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan va beshta gol kiritgan.
Kárpáti ishtirokidagi soʻnggi olimpiada 1964-yilga Tokyo shahrida boʻlib oʻtgan. mazkur olimpiadada faoliyati davomidagi uchinchi oltin medalni qoʻlga kiritgan. 6 oʻyinda 4 marta raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan[3].
Kárpáti yuridik sohada oʻqigan. Ammo hech qachon mazkur sohada faoliyat yuritmagan. 1964-yilda murabbiylik litsenziyasini qoʻlga kiritgan va faoliyatini boshlagan. 1970—1980-yillarda milliy terma jamoa bosh murabbiyi boʻlgan Dezső Gyarmatiga asistentlik qilgan. Murabbiy sifatidagi asosiy yutugʻi 1976-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlariga togʻri kelgan. Mazkur olimpiya oʻyinlarida Vengriya terma jamoasi oltin medalni qoʻlga kiritgan[4].
György Kárpáti uzoq davom etgan kasallikdan keyin 2020-yil 17-iyun kuni 84 yoshida vafot etdi[5]. 2-iyul 2020 kuni Farkasréti qabristoniga dafn etilgan[6].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.