Gʻarbiy Sahroi Kabir
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gʻarbiy Sahroi Kabir - Afrikaning shimoli-gʻarbiy qismidagi hudud. Sahroi Kabir choʻlining gʻarbiy qismida, Atlantika okeani sohilida joylashgan. Shimolida Marokash, shimoli-sharqdan Jazoir, janub va sharqdan Mavritaniya bilan chegaradosh. Maydoni 266 ming km2. Hudud ikki qismdan iborat: Sagiyet al-Hamra (shim., 82 ming km2) va Rio-de-Oro (jan., 184 ming km2) dan iborat. Aholisi 200 ming kishi (1992), asosan, mavrlar. Asosiy tili — arab tili, dini — islom.
Relyefi tekislik boʻlib, qadim Afrika platformasining Al-Ayyun bukilmasida joylashgan. Eng baland joyi shim.-sharqida, Atlas togʻi etaklarida. Gʻ.S.K. tabiat resurslariga boy. Foydali qazilmalardan fosforit, temir, mis rudalari, neft, kaliy tuzi, simob, marganets, uran konlari bor. Iqlimi katta qismida tro-pik choʻl, sohil qismida birmuncha yumshoq dengizboʻyi iqlimi. Oʻrtacha oylik temperatura 17—20°dan 25—30° gacha. Yillik yogʻin 50–200 mm. Daryolari mavsumiy. Oʻsimliklari buta va oʻtlardan iborat. Vohalarda akatsiya, palma, fikus oʻsadi. Hayvonlardan tuyoqlilar, sudraluvchi va mayda kemiruvchi koʻp. Yirtqichlardan gepard, chiyaboʻri, sirtlon yashaydi. Qirgʻoqqa yaqin suvlari baliqqa boy. Aholi, asosan, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Tuya, qoʻy va echki boqiladi. Arpa, bugʻdoy, sabzavot ekinlari ekiladi.