From Wikipedia, the free encyclopedia
Hayvonot bogʻlari — ilmiymaʼrifiy muassasa. Namoyish qilish, oʻrganish, koʻpaytirish maqsadida yovvoyi hayvonlar tutqunlik (qafas, volyer) yoki yarim tutqunlik (tabiiy yashash sharoitiga oʻxshash maydonlar)da boqiladi. Baʼzi Hayvonot bogʻlarida uy hayvonlari, ayrimlarida botanikaga oid kolleksiyalar ham (mas, Parij, qozon va boshqa joylardagi zoobotanika bogʻlarida) saqlanadi. Hayvonot bogʻlari da hayvonlar oʻrganiladi, tabiiy-ilmiy bilimlar, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish masalalari targʻib qilinadi, hayvonlarning "Qizil kitob" ga kirgan turlari saqlanadi hamda koʻpaytiriladi (mas, zubr, prjevalskiy oti va boshqalar), hayvonlarni iqlimlashtirish, kasalliklarini oʻrganish, davolash va oldini olish choralarini ishlab chiqish va boshqa ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Oʻquvchilar uchun ekskursiyalar, zoologiyaga oid mavzularda leksiya, biologik koʻrgazmalar uyushtiriladi va boshqa
Hayvonot bogʻlari Misrda mil.dan taxminan 1500-yil oddin mavjud boʻlgan. Butun dunyoda 720 dan ortiq Hayvonot bogʻlari bor. Oʻzbekistonda 2 ta hayvonot bogʻi (qarang Toshkent hayvonot bogʻi, Termiz hayvonot bogʻi) mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.