Iqtisodiyot boʻyicha Nobel xotirasi mukofoti laureatlari roʻyxati
mukofotlanganlar roʻyxati / From Wikipedia, the free encyclopedia
Iqtisodiyot fanlari boʻyicha Nobel xotirasi mukofoti, toʻliq nomi Alfred Nobel xotirasiga Iqtisodiyot fanlari boʻyicha Shvetsiya davlat banki mukofoti (shvedcha: Sveriges Riksbanks pris i ekonomisk vetenskap till Alfred Nobels minne) — Shvetsiya banki tomonidan 1968-yilda mazkur bankning 300 yilligi sharafiga asos solingan mukofot. Sverigesbank tomonidan moliyalashtiriladi va har yili Riksbank tomonidan Shvetsiya Qirollik Fanlar Akademiyasi iqtisodiyot sohasidagi tadqiqotchilarga beriladi[1]. Birinchi mukofot 1969-yilda Ragnar Frisch va Jan Tinbergenga berildi[2]. Har bir sovrindor medal, diplom va pul mukofotini oladi[3]. 1969-yilda Frisch va Tinbergenga jami 375000 krona berildi. Bu 2007-yil dekabridagi hisobda 2871041 kronaga teng. Mukofot Stokgolmda har yili 10-dekabrda tantanali ravishda topshiriladi[4].
2023-yil holatiga koʻra 93 nafar shaxsga iqtisod fanlari boʻyicha 55 ta mukofot berildi[5]. Iqtisod fanlari boʻyicha eng koʻp laureatlarga ega boʻlgan muassasa Chicago universitetining iqtisod boʻlimi boʻlib, u yerda 15 ta Nobel mukofoti laureati ishlaydi[6][7]. Eng koʻp doktorantura (yoki unga tenglashtirilgan) bitiruvchilari sovrinni qoʻlga kiritgan muassasalar — Garvard universiteti va Massachusetts texnologiya instituti 13 tadan, keyingi oʻrinda Chikago universiteti — 9 ta. Mukofotni olgan vaqtida eng koʻp oʻqituvchilar tarkibiga ega boʻlgan muassasalar Chikago universiteti (15 ta), Massachussets texnologiya instituti (8 ta), Prinston universiteti (8 ta) va Garvard universitetidir (7).