Jizzax viloyati
Jizzakh / From Wikipedia, the free encyclopedia
Jizzax viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida joylashgan. 1973-yil 28-dekabrda viloyat sifatida tashkil etilgan. Shimoliy-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, janubi-gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydon 21,2 ming km2. Aholisi 1 mln 483,1 ming kishi (2022.04). Jizzax viloyatida 12 ta tuman bor: Arnasoy, Baxmal, Doʻstlik, Sharof Rashidov, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzachoʻl, Paxtakor, Yangiobod, Forish, Gʻallaorol. 20 ta shahar va shaharchalar (Gagarin, Dashtobod, Doʻstlik, Jizzax, Marjonbuloq, Paxtakor, Gʻallaorol, Zarbdor, Zomin, Boʻston, Zafarobod, Oʻsmat, Uchquloch, Bogʻdon, Pishagʻar, Qoʻytosh, Sharq yulduzi, Arnasoy), 400 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2022). Markazi — Jizzax shahri.
viloyat | |
---|---|
Maʼmuriy markazi | Jizzax |
Yirik shaharlari | Jizzax, G'allaorol, Gagarin, Paxtakor,Zarbdor, Zomin |
Asos solingan sanasi | 1935-yil |
Hokim | Ergash Saliyev |
Rasmiy tili | o'zbek |
Maydoni | 21200 km² |
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
4200 m |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Kod ISO 3166-2 | UZ-JI |
Telefon kodi | +99872 |
Pochta indeksi | 130100 |
Avtomobil raqami kodi | 25 |
Rasmiy sayti | Rasmiy sayt |
Xaritada | |
Jizzax viloyati VikiOmborda | |
40°25′0″N 67°40′0″E |