Joau Lourenço
From Wikipedia, the free encyclopedia
João Manuel Gonsalves Lourenço (1954-yil 5-martda tugʻilgan) – Angolalik siyosatchi, 2017-yil 26-sentyabrdan buyon Angolaning prezidenti[3]. Avvalroq u 2014—2017-yillarda mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2018-yil sentabrida u hukmron partiya boʻlmish Angola ozodligi uchun xalq harakati (MPLA) raisi boʻlgan. 1998—2003-yillarda partiyaning bosh kotibi sifatida ishlagan.
Joau Lourenço | |
---|---|
João Lourenço | |
Lourenço 2023-yilda | |
3-Angola Prezidenti | |
Mansab davri 26-sentabr 2017-yil | |
Vitse-prezident |
Bornito de Sousa Esperança da Costa |
Milliy mudofaa vaziri | |
Mansab davri 22-aprel 2014-yil – 24-iyul 2017-yil | |
Prezident | José Eduardo dos Santos |
Oʻtmishdoshi | Cândido Pereira dos Santos Van-Dúnem |
Vorisi | Salviano de Jesus Sequeira |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
5-mart 1954-yil Luanda, Angola |
Siyosiy partiyasi | MPLA |
Turmush oʻrtogʻi | Ana Afonso Dias |
Bolalari | 6 |
Taʼlim |
Luanda sanoat instituti Lenin nomidagi oliy akademiyasi |
Taxallus(lar)i | Ti Mimoso[1], JLo[2] |
2010-yilgi Konstitutsiyaga koʻra, „umumiy saylovlarda eng koʻp ovoz olgan siyosiy partiya yoki siyosiy partiyalar koalitsiyasining milliy roʻyxatini boshqargan shaxs Respublika prezidenti va Ijroiya rahbari etib saylanadi“ (109-modda)[4][5]. MPLA 150 oʻrinning koʻpini qoʻlga kiritgach, Lourenço avtomatik ravishda 38 yil davomida hokimiyatda boʻlgan José Eduardo dos Santosning oʻrniga Angola prezidenti boʻldi. Lourenço 2017-yil 26-sentyabrda rasman qasamyod qildi[6].