Joule qonuni
From Wikipedia, the free encyclopedia
Joule qonuni, Joulening birinchi qonuni yoki Joule-Lenz qonuni[1] — oʻtkazgichdan elektr toki oʻtganda unda ajraladigan issiqlik miqdorini ifodalovchi qonun. Oʻtkazgich bir jinsli boʻlsa, elektr tokining ishi faqat issiqlik hosil qilish uchun sarf boʻlib, ajralgan issiqlik miqdori tok kuchi / kvadrati, oʻtkazgich qarshiligi va tokning oʻtish vaqti / ga toʻgʻri mutanosib boʻladi. U , bunda — mutanosiblik koeffitsiyenti boʻlib, u oʻlchash birliklarining tanlanishiga bogʻliq boʻladi. Tok amperlarda, qarshilik Om da, vaqt da olinsa, koeffitsiyent boʻlganda kaloriyalarda, k—h boʻlganda joullarda ifodalanadi. Joule qonunini James Prescott Joule 1841-yilda yaratgan, undan mustaqil ravishda Emil Lenz 1842-yilda tajribada tasdiqlagan. Joule qonunining amaliy ahamiyati katta; elektr choʻgʻlanma lampalari, elektr isitkichlar va elektr isitish qurilmalari shu qonunga asoslanib loyihalanadi.
Joul-Lens qonuni elektr tokining oqishi paytida o'tkazgichda chiqarilgan issiqlik miqdorini topishga imkon beradi: issiqlik miqdori oqim kuchining kvadratiga, o'tkazgichning qarshiligiga va oqim vaqtiga to'g'ridan-to'g'ri proportsionaldir.
Matematik jihatdan quyidagi shaklda ifodalanishi mumkin:
bu erda w -hajm birligidagi issiqlik ishlab chiqarish quvvati, j→ - elektr tokining zichligi→,E — elektr maydonining kuchi, σ-muhitning o'tkazuvchanligi va nuqta skalyar mahsulotni bildiradi.[2]