![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9f/K%25C4%25B1l%25C4%25B1%25C3%25A7_Ali_Pasha_Complex.jpg/640px-K%25C4%25B1l%25C4%25B1%25C3%25A7_Ali_Pasha_Complex.jpg&w=640&q=50)
Kılıç Ali posho masjidi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kılıç Ali posho masjidi (turkcha: Kılıç Ali Paşa Cami) – Turkiyaning Istanbul shahri, Tophane tumanida joylashgan, admiral Kılıç Ali posho uchun qurilgan masjid. Bino 1580–1587-yillarda 90 yoshlardagi meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan hamda mavjud majmuaning ichida bunyod etilgan. Binodagi ikkita yozuvga koʻra, masjid hijriy 988-yil (milodiy 1580)da qurilgan.
Qisqa faktlar
Masjid | |
![]() | |
Kılıç Ali posho masjidi | |
Mamlakat | ![]() |
Istanbul | Tophane tumani |
Koordinatalar | 41.026373°N 28.980928°E / 41.026373; 28.980928 |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Usmonli meʼmorchiligi |
Meʼmor | Xoʻja Sinon |
Binokorlik | 1578—1580 |
Gumbaz yoʻgʻonligi | 12.7 m (42 ft) |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
![]() |
Yopish
Masjid Turkiyaning Istanbul shahri, Beyoğlu tumani, Tophane mahallasida joylashgan boʻlib, Kapudan-i Derya (Buyuk Admiral) Kılıç Ali posho uchun qurdirilgan boʻlib, posho admiral lavozimida xizmat qilgani uchun ham masjidning dengiz boʻyida qurilishi buyurilgan[1][2][3]. Masjid majmuasidan, shuningdek, madrasa, hammom, maqbara va favvora ham joy olgan.