Isroillik tadbirkor va MDH mamlakatlarida yahudiylikni rivojlantirish dasturlari homiysi From Wikipedia, the free encyclopedia
Lev (Levi) Leviev (1956-yil 30-iyulda tugʻilgan) – isroillik olmos magnati, investor va xayriyachi. Leviev [[1997—2018-yillar oraligʻida koʻp tarmoqli konglomerat boʻlgan Africa Israel Investments kompaniyasining raisi va asosiy aksiyadori boʻlgan[1]. Leviev 1971-2007-yillarda Isroilda yashagan va keyinroq Londonga koʻchib oʻtgan. Sharqiy Yevropa va Isroilda Chabad Lubavich ishlariga xayriya qilgan[2]. Forbes maʼlumotlariga koʻra, 2018-yilda Levievning boyligi 1 milliard dollarga teng edi[3].
Leviev 1956-yilda Oʻzbekiston SSRning Samarqand shahrida tugʻilgan[4][5]. Uning ota-onasi Avner va Chana Levievlar Buxoro yahudiylari jamoasining taniqli vakillaridan boʻlishgan, Leviev esa pravoslav yahudiydir. U chobod harakati tarafdori, ammo buxorolik yahudiy sifatida Buxoro liturgiyasida tarbiyalangan. 1971-yilda oʻn besh yoshga toʻlganida oilasi Oʻzbekistondan Isroilga koʻchgan[6]. Levievning Isroilga koʻchib ketishiga oʻsha vaqtda Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlagan Burhon Usmonov (Alisher Usmonovning otasi) yordam bergan edi[7].
Isroilga koʻchib oʻtganidan koʻp oʻtmay, Leviev olmosni tozalash zavodida ishlay boshladi va olmos kesish jarayonining 11 bosqichini oʻrgandi. Isroil mudofaa kuchlarining aloqa boshqarmasida xizmat qildi[8]. 1977-yilda oʻzining olmos parmalash zavodini yaratdi. 1980-yilda olmos sanoatidagi tanazzul tufayli kredit tanqisligidan aziyat chekkan 12 ta raqobatdosh zavodni sotib oldi. Qaynotasining yordamida rivojlantirdi. 1992-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtdi va Rossiyaning eng qadimgi zargarlik fabrikasi, Moskvadagi Ruis Diamonds Ltd. va Moskva zargarlik fabrikasini (ruscha: Московский ювелирный завод) sotib oldi[9][10]. Qimmatbaho metallar va olmoslar bosh boshqarmasi (Glavalmazzoloto) vakili Valeriy Rudakov (ruscha: Валерий Владимирович Рудаков) va Yakutskalmaz trestining sobiq rahbari Levievning Ruis Diamondsga egalik qilishiga yordam berdi[11].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.