Litvaga qarashli shaharlar roʻyxati
From Wikipedia, the free encyclopedia
Litvada 103 ta shahar bor (litva tilida: birlik — miestas, koʻplik — miestai). Shahar atamasi Litva parlamenti tomonidan 3000 dan ortiq aholi istiqomat qiladigan ixcham shaharlar sifatida belgilanadi, ularning kamida uchdan ikki qismi sanoat yoki xizmat koʻrsatish sohasida ishlab keladi. Aholisi 3000 dan kam boʻlgan, lekin tarixan shahar maqomiga ega boʻlgan aholi punktlari hali ham shahar deb atab kelinadi. Kichikroq aholi punktlari miestelis (koʻplik miesteliai) deb ataladi, bu shaharlar deb tarjima qilinadi. Hatto kichikroq aholi punktlari (qishloqlar) kaimas (koʻplik kaimai) deb nomlanadi. Koʻpincha rasmiy maqom aniq emas va odamlar shahar va qishloqlarni gyvenvietė (koʻplik gyvenvietės) deb atashadi, bu esa mohiyatan aholi punktiga toʻgʻri keladi.
Shaharlar XIII—XIV-asrlarda Buyuk Litva knyazligi bilan birgalikda shakllana boshlangan. Shahar maqomini birinchi boʻlib Klaypėda olgan edi. Oʻrta asr qonunlariga koʻra, shahar oʻz yarmarkalari, tavernalari, sudlari va boshqa shu kabi rasmiy tashkilotlariga ega boʻlishi mumkin edi. Baʼzi sobiq shaharlar oʻz maqomini yoʻqotgan va endi ular bor yoʻgʻi shaharcha yoki qishloq sifatida saqlanib turibdi. Bunga misol qilib, Kernave yoki Merkinėni keltirib oʻtish mumkin. Litvada shaharlarning aksariyati XVIII-asrdan avvalroq tashkil etila boshlangan. Ularning joylashishi asosan savdo va transport yoʻllari bilan belgilanadi. Baʼzi yangi shaharlar temir yoʻl qurilishi tufayli oʻsib borgan, masalan, Kaišiadorys, Vievis, Radviliškis, Ignalina yoki Majeykyay. Oʻtgan asrda shaharlar yirik sanoat markazlari yonida oʻsgan edi, bular jumlasiga, Visaginas, Elektrėnai yoki Naujoji Akmenė kabi shaharlarni misol qilib keltirish mumkin. Beshta shahar — Birštonas, Druskininkay, Neringa, Palanga va Anykščiai — maxsus kurort maqomiga ega.
Shaharlarning aksariyati kichik. Aholisi 20 000 dan ortiq boʻlgan atigi 14 ta shahar mavjud. Shaharlar Litva hududi boʻylab bir tekisda joylashgan. 2001-yilgi aholini roʻyxatga olishda olingan maʼlumotlarga koʻra aholining 66,7 % shaharlarda yashayotgani maʼlum boʻlgan va bu foiz juda tez suratlarda oʻsib bormoqda.