Mendoza Provinsiyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mendoza (ispancha: menˈdosa) – rasmiy nomi Mendoza provinsiyasi boʻlib Argentinaning gʻarbiy-markaziy qismidagi provinsiyasidir. Shimolda San-Xuan, janubda La Pampa va Neuken, sharqda San-Luis va gʻarbda Chili respublikasi bilan chegaradosh. Xalqaro chegara And togʻ tizmasi bilan belgilanadi. Poytaxti Mendoza shahri hisoblanadi. Hudud 148,827 km² maydonni qamrab oladi va Argentinaning yettinchi yirik provinsiyasi boʻlib, mamlakat umumiy maydonining 5,35% ni tashkil qiladi. 2022-yilgi maʼlumotga koʻra aholisi 2 014 533 kishini tashkil etadi, bu mamlakatning eng koʻp aholisi boʻlgan beshinchi mintaqasi yoki umumiy aholining 4,38 foizi ushbu provinsiyada istiqomat qiladi deganidir.
Qisqa faktlar Mendoza Provinsiyasi, Mamlakat ...
Mendoza Provinsiyasi Mendoza | |
---|---|
34°30′00″N 68°30′00″E | |
Mamlakat | Argentina |
Maydon | 148,827 km2 (57,462 kv mi) |
Aholisi | 2,014,533 (2 022) |
Yopish