From Wikipedia, the free encyclopedia
Michael Joseph Jackson (talaffuzi: Maykl Jekson) (29-avgust 1958-yil – 25-iyun 2009-yil) pop-qoʻshiqchi, boshlovchi va raqqosdir. Ayrimlar M. Jeksonni „pop janrining qiroli“ deb hisoblaydi.
Michael Jackson | |
---|---|
Michael Jackson (2-iyun 1988, Vena, Avstriya) | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Michael Joseph Jackson 29-avgust 1958-yil Gary, Indiana, AQSh |
Vafoti |
25-iyun 2009-yil (50 yoshda) Los Angeles, Kaliforniya, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Qoʻshiq yozuvchi, musiqachi, bastakor, aranjirovkachi, raqqos, xoreograf, produser, aktyor, tadbirkor, filantrop |
Turmush oʻrtogʻi | Lisa Marie Presley va Debbie Rowe |
Janr | R&B, pop, rok, soul, dance, funk, disco, new jack swing |
Faoliyat yillari | 1964—2009 |
Veb-sayt | www.michaeljackson.com |
Uning faoliyati 1965-yilda otasi Michael va uning toʻrt nafar ukalari bilan The Jackson Five („Jacksonlar beshligi“) guruhini tashkil etish bilan boshlanadi. 1969-yilda guruh „ABC“, „I Want You Back“, „The Love You Save“ va „Iʼll Be There“ qoʻshiqlari orqali mashhurlikka erishadi. Yakkaxon qoʻshiqchi sifatida M. Jekson 1979-yilda „Off the Wall“ („Rasm-rusumdan xoli“), 1982-yilda „Thriller“ albomlarini chiqardi. „Thriller“ dan soʻng uni „King of Pop“ („Pop qiroli“), deb atay boshlashdi. 1980-yildan u oʻzini raqqos sifatida namoyon eta boshladi. 1982-yilda uning „Beat it“, „Billie Jean“ hamda 1987-yilda „Smooth criminal“ nomi ostidagi qoʻshiqlarni uning ijodining eng yorqin namunalari sifatida tan olinadi.
M. Jekson 2009-yil 25-iyun kuni Amerika Qoʻshma Shtatlarining Los Angeles shahrida porpofol dorisini koʻp qabul qilish natijasida yurak xuruji oqibatida vafot etdi. Atigi 18 kundan keyin esa uning faoliyatidagi oxirgi konserti boʻlib oʻtishi kerak edi. Uning oʻlimi butun dunyo boʻylab qaygʻuni qoʻzgʻatdi, buning oqibatida esa uning musiqasi sotuvida keskin oʻsishga olib keldi. Los-Anjelesdagi Staples markazida boʻlib oʻtgan Jeksonning televideniyedagi xotira marosimini butun dunyo boʻylab 2,5 milliarddan ortiq odam tomosha qilgan. Vafotidan keyin ham, oʻz qoʻshiqlari orqali M. Jekson qariyb 2 milliard AQSH dollari ishlab topgan. Bu pullarning 40% qismi onasiga qolgan qismi esa farzandlarining hisobiga qolgan.
Vikiomborda Michael Jackson haqida turkum mavjud |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.