Mutlaq yulduz kattaligi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mutlaq yulduz kattaligi — ob’yektdan maʼlum bir standart masofada joylashgan kuzatuvchi uchun astronomik ob’yektning yorqinligini tavsiflovchi fizik miqdor. Mutlaq yulduz kattaligidan foydalanish ob’yektlarning kuzatilgan yorqinligini emas, balki haqiqiy yorqinligini solishtirish imkonini beradi. Har xil turdagi ob’yektlar mutlaq yulduz kattalikning turli xil taʼriflaridan foydalanadi, ammo, qoida tariqasida, ularning barchasi koʻrinma yulduz kattaligi bilan bogʻliq.