From Wikipedia, the free encyclopedia
Nalini Malani (1946-yil 19-fevralda Pokistonda tugʻilgan)[1] – hindistonlik rassom, mamlakatdagi vizual yoʻnalishdagi sanʼatkorlarning birinchi avlodi sifatida eʼtirof etiladi[2].
Nalini Malani teatr, videolar, montajlar, aralash media rasmlari va chizmalarini oʻz ichiga olgan bir nechta vositalar bilan ishlgan. Sanʼatning har turida, har yoʻnalishida oʻzini sinab koʻrgan. Ijodi mavzusiga Hindistonning boʻlinishidan keyingi migratsiya mojarolari taʼsir koʻrsatadi. Qolaversa, feministik muammolar ijodiy faoliyatining bir qismiga aylandi[3]. Malani vizual tildan foydalandi, stop-motion, oʻchirish animatsiyalari, teskari rasmlar va raqamli animatsiyalarda ham ijod qila olgan. Shuningdek, barmogʻi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri planshetga chizib, mukammal sanʼat asarlari yarata oldi[4].
Malani oʻzining birinchi video asari hisoblangan „Dream Houses“ (1969) ni marhum rassom Akbar Padamsee tomonidan tashkillangan Bombaydagi (Mumbay) koʻp tarmoqli rassomlar eksperimental ustaxonasining eng yosh va yagona ayol ishtirokchisi sifatida yaratishga muvaffaq boʻldi[5].
Uning asarlari Amsterdamdagi Stedelijk muzeyi,[6] Londondagi Nation Gallery va Nyu-Yorkdagi Museum of Modern Art kabi mashhur muzeylarda namoyish etilgan[7].
Malani Mumbay shahrida[8] Tasviriy sanʼat yoʻnalishida tahsil oldi va 1969-yilda Ser Jamsetji Jeejebhoy sanʼat maktabida Tasviriy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha diplom oldi. 1964 –1967-yillarda uning Bhulabhai Desai nomli studiyasi faoliyat olib borgan, u avval Mumbaydagi Breach Candy[4]da joylashgan boʻlib, u yerda rassomlar, musiqachilar, raqqosalar va teatr aktyor-ktrisalari yakka va jamoaviy tartibda ishlagan[9]. Aynan shu yerda teatrning taniqli arboblari hamda rassomlar bilan yaqindan tanishdi va ular bilan hamkorlik qildi[10]. U 1970 – 1972-yillarda Parijda tasviriy sanʼat boʻyicha oʻqish uchun Fransiya hukumatining stipendiyasini oldi. Rassom Hindiston hukumatining ikkita stipendiyasi, shuningdek, 1989-yilda AQShda sayohat qilish va ishlash uchun grant sohibi ham boʻlgan[2].
Malani oʻz shaxsiyatini doim asarlariga singdirishga harakat qilgan. U koʻpincha yunon va hind mifologiyasiga murojaat qilgan. Rassomning qissasida Medeya, Kassandra va Sita kabi „vayron qilingan ayollar“ qahramonlari koʻp uchraydi[8]. Uning ishini ikki toifaga ajratish mumkin; „Utopia“ (1969-1976), „Mother India“ (2005), „Search of Vanished blood“(2012) kabi vizual vositalar va harakatlanuvchi tasvirlar ijodining bir tarafi boʻlsa, ikkinchi tomoni "City of Desires" (1992), "Medea as Mutant" (1993/2014), "the tables have turned" (2008) kabi vaqtinchalik, ammo shov-shuvli asarlaridan iborat.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.