Oʻzbek yozuvchisi, ssenarist va telejurnalist From Wikipedia, the free encyclopedia
Nazar Eshonqul (15-iyun 1962-yil Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani) – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, yozuvchi, senarist, telejurnalist[1].
Nazar Eshonqul | |
---|---|
Tavalludi |
15-iyun 1962-yil |
Kasbi | yozuvchi |
Ijod qilgan tillari | oʻzbek tili |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Yoʻnalish | hikoya |
Mukofotlari |
Nazar Eshonqul 1962-yil 15-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Tersota qishlogʻida dunyoga kelgan. 1979-yilda Oʻrta maktabni tamomlab Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1981—1986) va oʻshu yerda aspiranturani ham (1986—1991) davom ettirdi.
Nasrimizning oʻtgan asr 80–90-yillardagi yanglanishi odatiy anʼanaviy yoʻldan birmuncha oʻzgacharoq kechdi, XIX asr oxiri – XXasr boshlarida Gʻarbda paydo boʻlgan adabiy oqimga oʻxshash sifatlar paydo boʻldi. Shu oʻrinda yozuvchi Nazar Eshonqul oʻzbek nasriga, ayniqsa, hikoyachiligiga oʻzgacha ovoz va ruh olib kirdi. U mana shu janrni Sharq va Gʻarb adabiyoti anʼanalari bilan uygʻunlashtirayotgan adiblar qatoridan joy olgan. Uning dastlabki asari – „Urush odamlari“[3] qissasi (1989). Shundan soʻng „Momoqoʻshiq“ (1991), „Yalpiz hidi“ (1996) „Ufq ortidagi quyosh“, „Maymun yetaklagan odam“ (2004), „Shamolni tutib boʻlmaydi“(2005), „Shaftoli guli“ (2011) nomli bir qator kitoblari nashr etildi.
Oʻzbekiston Qahramoni Ibrohim Gʻafurov yozuvchi haqida shunday deydi: „Nazar Eshonqul mening nazarimda bizning oʻzbek adabiyotida dunyo adabiyotlarining eng ilgʻor oqimlari va usullarini chuqur oʻrganagan va oʻz asarlarida targʻib qilgan“.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori Bahodir Xoliqov shunday fikrlarini bildirgan: „Nazar Eshonqul asarlari orqali Yevropa, shuningdek, Lotin Amerikasi yozuvchilarining asarlarini ham toʻgʻri tushunish, ularning asarlarini anglash, his etish imkoniyatiga ham ega boʻlamiz“.
Nazar Eshonqul 1999-yili „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[4].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.