oʻzbek yozuvchisi From Wikipedia, the free encyclopedia
Neʼmat Aminov (1937.17.7, Buxoro viloyati, Romitan tumani — 2005) — hajvchi yozuvchi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Buxoro pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tamomlagan (1959). Viloyat radioeshittirish qoʻmitasida muharrir va bosh muharrir (1961-1973), „Mushtum“ jurnalida masʼul kotib, bosh muharrir (1973—1995), „Sharq yulduzi“ jurnali bosh muharrir oʻrinbosari (1989—1991), respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ jamoatchilik markazi rahbari (1995-1999).
Neʼmat Aminov | |
---|---|
Tavalludi |
17-iyul 1937-yil |
Vafoti |
18-oktyabr 2005-yil (68 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Birinchi hajviy hikoyalar toʻplami — „Ikki pullik obroʻ“ 1966-yilda nashr etilgan. Soʻng „Qirq uchinchi pochcha“ (1970), „Labihovuz xandalari“ (1973), „Chinorlar qoʻshigʻi“ (1984), „Yelkasiz polvon“ (1986), „Oʻgʻri mushukcha“ (1987), „Qahqaha“ (1987), „Yallama-yorim“ (1988), „Cholbolaning ertaklari“ (1990) va boshqa hajviy toʻplamlari eʼlon qilingan. 1976—1983-yillarda „Yelvizak“ va „Suvarak“ qissalari asosida „Yolgʻonchi farishtalar yoxud yelvizakfeʼl va suvarakmijoz Bashirjon Zaynishev hayotidan“ hajviy romanini yaratdi.
Uning hajvchilik ijodi adabiyotda oʻziga xos milliy boʻyoqlarga boyligi bilan ajralib turadi. Uning ijodiga xos xalqchillik „Bir asr hikoyati“ (1996) asarida namoyon boʻldi. N. Aminov otasidan eshitgan voqealar va hikmatlar silsilasi asosida donishmand Sharq kishisining ajoyib obrazini yaratdi. N. Aminov asarlari bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan (1999).
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.